ORNITOLOGIYA

ORNITOLOGIYA (yun. ornithos — qush va… logiya) — umurtqalilar zoologiya-sining qushlarni oʻrganadigan boʻlimi. Ornitologiya qushlarning ekologiyasi, biol. si, sistematikasi, morfologiyasi, fizio-logiyasi, biogeografiyasi, evolyutsiyasi va amaliy axamiyatini oʻrganib, bu maʼ-lumotlardan umum biologik va insoni-yatning amaliy faoliyati bilan bogʻliq muammolarni hal etishda foydalanadi. «Ornitologiya» terminini fanga 16-a. oxirida ita-lyan naturalisti U. Aldrovandi kiritgan. Qushlarga bagʻishlangan birinchi asar «Hayvonlar tarixi»ni Aristotel (mil. av. 384—322-y. lar) yozgan; u 170 tur qushning tuzilishi va hayotini tasvirlab bergan. Oʻrta asrlarda lochinlar yordamida ov qilishga qiziqish ancha kuchayganligi tufayli germaniyalik F. Gogenshtaufenning «Qushlar bilan ovlash sanʼa-ti haqida» asari dunyoga keldi. Asar qushlar toʻgʻrisidagi bilimlarni birmuncha kengaytirdi. 16-a. dan boshlab qushlarning anatomik tuzilishi, biologik tas-nifi, hayot tarziga oid maʼlumotlar toʻplanib boradi. Shvedtabiatshunosi K. Linney qushlar sistematikasi va feno-logiyasini oʻrganishga asos soldi. 19-a. da ayrim hududlar faunasini oʻrganish, qushlarning sistematikasi, evolyutsiyasi va Yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini oʻrganish sohasidagi ishlar Ornitologiyaning yanada rivojlanishiga olib keldi. 20-a. ning birinchi yarmidan boshlab qushlarning ekologik va etologik xususi-yatlari, turlararo munosabatlari, migratsiyasi oʻrgana boshlandi. 20-a. ning birinchi yarmidan tadqiqotlarning yangi eksperimental va dalada ishlash metodlari ishlab chiqilishi tufayli Ornitologiya soha-sidagi tadqiqotlar biosfera va ekolo-giyaga oid muammolarni ilmiy nuktai nazardan hal etishda boshqa fanlar orasida mustahkam oʻrin egallaydi. Qushlarni oʻrganish borasida xalqaro hamkorlikning yoʻlga koʻyilishi Ornitologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. 1884-y. da Ornitologiya soxasidagi i. t. lar va amaliy ishlarni muvofiklashtirish mak,-sadida Xalqaro ornitologlar komiteti tuzildi. Xalqaro, mamlakatlar va regi-onlar miqyosida konfesslar, konferensiyalar va seminarlar tashkil etila boshlandi. Hoz. 200 dan ortiq ornigologik jur. lar qushlarning hayoti va tabiat muhofazasiga oid maʼluotlarni berib boradi. Turkiston qushlari toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar 19-a. ning 1-choragida paydo boʻla boshlagan. Lekin Ornitologiya sohasidagi fundamental tadqiqotlar faqat 20-a. dan boshlandi. 20-a. ning 2-yarmida Oʻzbekistonda «Oʻzbekiston faunasi», «Oʻzbekiston qushlari» kabi yirik monografik asarlar, «Qushlar ensiklopediyasi», «Osiyoda qushlar mifatsiyasi» va b. bir qancha yirik toʻplamlar nashrdan chiqarildi. Respublika orni-tologlari xalqaro tashkilotlar va fondlar bilan hamkorlikda biologik xilma-xillikni sakdash, biologik resurslarni muhofaza qilish va ulardan okdlona foydalanish borasida yirik tadqiqotlar olib borishmokda. Mamlakatda or-nitologik tadqiqotlar, asosan, Oʻzbe-kiston FA Zoologiya in-tida va oliy oʻquv yurtlari qoshidagi zoologiya kafed-ralarida olib boriladi.

Elmurod Shernazarov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x