ORJONIKIDZE Grigoriy Konstantinovich

ORJONIKIDZE Grigoriy Konstantinovich [1886.12(24).10, Kutaisi gubernyasi Sharopansk uyezdi — 1937.18.2, Moskva] — Turkistonda bolshevikcha rejimni oʻrnatish ishtirokchisi. 1922-y. apr. —mayda Turkistonda boʻlib, bu yerda sovet rejimi va Kizil armiyaga karshi kurashayotgan milliy kuchlarni tor-mor qilish rejalarini ishlab chiqqan. Orjonikidze RKP (b) MK Turkiston byurosi oʻrnida Oʻrta Osiyo byurosi (Sredazbyuro) tuzishning tashabbuskori (1922-y. may). VKP (b) MK Siyosiy byurosi aʼzosi (1930-y. dan). SSSR ni industrlashtirishda katta kuch-gʻayrat sarflagan. Ommaviy qatagʻonlar davrida I. V. Stalin bilan ixtilofga borgan va oʻzini otib oʻldirgan.

Ad.: Rajabov Q., Buxoroga Qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x