ORIPOV Uktam Oripovich

ORIPOV Uktam Oripovich (1927.3.1, Jizzax sh. — 2001.15.12, Toshkent) — xirurg olim, Oʻzbekiston FA akad. (1974), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1958), tibbiyot fanlari dri (1963), prof. (1964). SamTIni tugatgan (1948), shu in-t fakultet xirurgiyasi kafedrasida klinik ordinator (1948— 50), assistent (1950—56), dotsent (195661), umumiy xirurgiya kafedrasi mudiri (1961—64), Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari (1964—71). ToshTI rektori va f-t xirurgiyasi kafedrasi mudiri (1971—84), 1-ToshTI f-t va gospital xirurgiyasi kafedrasi mudiri (1984—97), 1997-y. dan Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Jigar va oʻt yoʻllari xirurgiyasi ilmiy markazi direktori. Ilmiy ishlari murakkab radiatsion jarohatlarning kechish xususiyatlarini, organizmga radiatsion nur taʼsir qilganda shikastlangan periferik nervning oʻsishini tezlashtirish, xi-rurgik kasalliklardagi autoimmun ja-rayonlarning rolini oʻrganishga, jarohatlangan oʻt yoʻlining xirurgiyasi, surunkali glomerulonefritni davolash usullari va xirurgiyaning boshqa dolzarb masalalariga bagʻishlangan. Organlarni koʻchirib oʻtqazish boʻyicha mintaqada tashkil etilgan markaz asoschisi. Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlib odamda buyrakni koʻchirib oʻtqazgan (1972). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).

As: Qorin boʻshligʻi organlarining oshigʻich jarrohligi, T., 1991; Umumiy xirurgiya, T., 1994 (xamkorlikda); Texnika nalojeniya jelcheotvodyaщix anastomozov mexanicheskim shvom, T., 1999 (hamkorlikda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x