Oripov Ubay Oripovich

Tarjimai hol

1962 — 1966 yillar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1956 y.), fizika-matematika fanlari doktori.

Fizika sohasidagi olim, fan va ta’lim tashkilotchisi, jamoat arbobi.

1909 yil 9-iyunda Qo‘qonda tug‘ilgan, 1976 yil 24 dekabrda vafot etgan va Toshkentga dafn qilingan.

O‘ZSSRda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1957).

Beruniy nomidagi O‘zSSR Davlat mukofoti laureati (1967).

1932 yil O‘zbekiston Davlat pedagogika akademiyasini (hozirgi SamDU) tamomlagan.

Qo‘qon paxtachilik institutida hamda O’ODUda ishlagan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941-1944 yillar), so‘ngra birin-ketin O‘zR FA Fizika-texnika instituti, Yadro fizika instituti (asoschisi) va Elektronika instituti (asoschisi), Fizika-matematika fanlari raisi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti hamda O‘zbekistonda boshqaruvchilik lavozimlarida ishlagan, “Geliotexnika” xalqaro ilmiy jurnali asoschisi va bosh muharriri.

400 dan ortiq ilmiy ish, shu jumladan 15 ta monografiya va 20 dan ziyod ixtirolar muallifi. 2 ta fan doktori va 30 dan ortiq fan nomzodini tayyorlagan.

O‘limidan so‘ng 2002 yil “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

 

 

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x