Tarjimai hol
To‘ychi Oripov — teatr va kino aktyori, O‘zbekiston xalq artisti.
1924 yil Toshkentda tug‘ilgan. Hamza nomidagi O‘zbek drama teatri sahnasida rollar ijro etgan. Rollari orasida: “Qutlug‘ qon” (Hakim boyvochcha), “Boy ila xizmatchi” (Solihboy), “Kelinlar ko‘zg‘oloni” (Mahkam) , “Abu Rayhon Beruniy” (Mahmud G‘aznaviy), “Qiyomat qarz” (No‘’mon Nazarov), “G‘ariblar” (Levitskiy), “Yulduzli tunlar” (Shayboniyxon).
2015 yil 12 iyun Toshkentda vafot etgan.
Kinodagi rollari
2013 — “Mening vafodorim”
2004 — “Osmondagi bolalar-2”, Bobojon, Baxtiyorning buvasi
2003 — “Dev va pakana”
2002 — “Osmondagi bolalar”, Bobojon, Baxtiyorning buvasi
1998 — “Shaytanat”
1995 — “Bomba”, Rais ota, kolxoz raisi
1992 — “Nolinchi variant”, militsiya generali
1992 — “Kambag‘al odamlar”, mahalla raisi
1991 — “Abdullajon yoki Stiven Spilbergga bag‘ishlanadi”, kolxoz raisi
1987 — “Ikkinchi aylana bo‘yicha”
1987 — “Yiqilish dardi”
1982 — “Daho yoshligi”, epizod rolda
1979 — “Olovli yo‘llar”, politsiyachi
1979 — “Haqiqat izlab”, 2-film (5-8 qismlari)
1977 — “Shum bola”, savdogar
1975 — “O‘zingni yeng”, kolxoz raisi
1971 — “Kutilmagan narsa yoningda”, epizod
1966 — “Sayat qo‘ng‘irog‘i”
1963 — “Farg‘onalik beshovlon”, Eshmat
Mukofotlari
“El-yurt Hurmati” ordeni.