ORIPOV Hamidilla Nigʻmatovich

ORIPOV Hamidilla Nigʻmatovich (1940.10.10. — Toshkent — 1998.14.3) — kimyogar olim. Oʻzbekiston FA akad. (1995), kimyo fanlari dri (1979), prof. (1987). Toshkent politexnika in-tini tugatgan (1962). Oʻzbekiston FA Oʻsimlik moddalari kimyosi in-tida lab. mudiri (1983 — 85), ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1985 — 89), direktor (1989-98). Ilmiy ishlari tabiiy faol birikmalarni oʻrganish va samarali sintetik preparatlar olishga oid. Oripov rahbarligida dezoksipeganin gidroxlorid, medamin kabi dorivor preparatlar, gelmintlarga qarshi qoʻllanadigan samarali preparatlar — albendazol, medapek, fenasal va b. sintez qilingan, butilkaptaks defoliantini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1984).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x