ORGANOGENEZ

ORGANOGENEZ (yun. organon — organ va… genez) — kup hujayralilarda em-briogenezning oxirgi bosqichi, organlarning hosil boʻlishi, shakllanishi va ixtisoslashuvi jarayoni. Organogenez gastrulyatsiyada ektoderma, entoderma, mezoderma kabi homila qavatlari hosil boʻlishidan boshlanadi. Ektodermadan nerv sistemasi, sezgi organlari, terining ustki qismi va uning hosilalari, oldingi va orqa ichak epiteliy-si; entodermadan oʻrta ichak epiteliy-si, hazm bezlari, nafas organlari; mezodermadan tayanch harakat sistemasi, skelet va muskullar, yurak, qon va limfa tomirlari, jinsiy va siydik organlari hosil boʻladi.

Oʻsimliklarda «Organogenez» termini, odatda, asosiy organlar (ildiz, poya, barg, gullar)ning ontogenez jarayonida meristemadan shakllanishi va rivojlanishini ifodalaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x