DO`STLARGA ULASHING:
Organizmda kalsiy yetishmasligini qanday aniqlash mumkin?
?Organizmda kalsiy yetishmasligini qanday aniqlash mumkin?
?Har qanday vitamin yoki mineralning yo‘qligi inson organizmining umumiy holatiga ta’sir qiladi va ba’zan jiddiy muammoga aylanadi. Ilgari, masalan, kalsiy yetishmovchiligi “keksa yosh”ning o‘ziga xos xususiyati deb hisoblanar edi, bugungi kunda yoshlar orasida ham ushbu elementning yetarli emasligi tashvishlarga sabab bo‘lmoqda. Tanada kalsiy miqdori kamligini qayerdan bilish mumkin? Buning bir nechta alomatlari mavjud.
?Uyqusizlik, stress yoki boshqa asab kasalliklari kalsiy tanqisligidan yuzaga kelishi mumkin. Kalsiy, aynan, “uyqu” gormoni – melatonin ishlab chiqarishda muhim rol o‘ynaydi.
?Kalsiy yetishmasligi ko‘rishdagi o‘zgarishlar, umurtqa pog‘onasidagi og‘riqlar, suyaklar tuzilishining zaiflashuvidan dalolat beradi. Agar bo‘yin yoki belda og‘riqlar mavjud bo‘lsa, organizm kalsiyga “muhtoj” bo‘ladi.