ORENBURG VILOYATI (1938-1957-y. larda Chkalov viloyati) — RF tarkibidagi viloyat. Ural iqtisodiy r-niga kiradi. Mayd. 124 ming km2. Aholisi 2229,6 ming kishi (1998), asosan, ruslar (72,3%), shuningdek, tatar, ukra-in, qozoq, mordva, boshqird, nemis, chuvash, belorus va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 64,1%. Markazi — Orenburg sh. Tarkibida 35 maʼmuriy r-n, 12 shaxar, 26 shaharcha bor. Boshqa yirik shaharlari — Orsk, Novotroisk.
Orenburg viloyati hududining koʻp qismi Jan. Ural togʻlari etagida. Foydali qazilmalari: neft, gaz, toshtuz, slanes, fosforit, qoʻngʻir kumir, nikel, kobalt, mis kolchedani, oltin, asbest, oʻtga chidamli gillar, yashma. Iklimi keskin kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 14° dan —19° gacha, iyulniki 19—22°. Yillik yogʻin 300—450 mm. Vegetatsiya davri 180 kungacha. Asosiy daryosi — Ural va uning irmoklari: Jan.-sharkda oqmas koʻllar bor. Orenburg viloyati, asosan, choʻl zonasida joylashgan. Tuproqlari kora, kashtan tuproklar. Har xil oʻt-betaga chalov dasht oʻsimliklari oʻsadi. Hududining 4% oʻrmon (oq qayin, qaragʻay). Tulki, oq tovushqrn, malla tovushqon, yumronqoziq, sugʻur, oʻrdak, gʻoz, baliqchi bor. Viloyat hudu-dida Orenburg qoʻriqxonasi tashkil etilgan.
Sanoatining asosiy tarmoklari: yoqilgʻi, qora va rangli (nikel, mis, xromli birikmalar) metallurgiya, mashinasozlik va metallsozlik (konchilik, metallurgiya sanoati uchun jihozlar, sovitqich asbob-uskunalar, temirchilik-presslash mashinalari, metall kesuvchi stanoklar, elektrodvigatellar, q. x. mashinalari uchun ehtiyot qismlar va b. ishlab chiqariladi), kimyo, neft kimyosi, oziqovqat (goʻsht mahsulotlari, un, yorma, osh tuzi, oʻsimlik yogʻi) sanoatlari. Eng yirik korxonalari: «Orenburgneft», «Orenburggazprom», «Orenburgnefteorgsintez», «Orenburgasbest», «Nosta» (Novotroisk), «Yujural nikel» (Orsk), Orsk yengil metallkonstruksiyalar z-di, «Orenteks» (Orenburg), Medno-gorsk mis-oltingugurt k-ti, Gay ruda boyitish k-ti, «Yujuralmash» (Orsk), «Gidropress» stanoksozlik z-dlari (Orenburg). Gaz (Orenburg gaz kondensat koni), neft (Uraloldi r-ni), temir (Xalilov koni), mis (Gay koni) va nikel rudalari (Kiyemboy koni), tosh tuzi (Ilesk koni), qoʻngʻir koʻmir (Tyulgan kumir razrezi) va b. kazib olinadi. Iriklin GRES ishlab turibdi. Asosiy sanoat markazlari — Orenburg, Orsk, Buzuluk, Mednogorsk, Novotroisk, Gay, Buguruslan, Quvondiq sh. lari. Q. x. da don-chorvachilik yoʻnalishlari rivojlangan. Bugʻdoy, suli, tariq, mosh, kungaboqar, kartoshka, sabzavot, ozuqa ekinlari ekiladi. Qoramol (sut-goʻsht zotlari), choʻchqa, qoʻy, echki, parranda boqiladi. Avtoyoʻllar zichligi 101 km/ming km2. 5 oliy oʻquv yurti, kutubxona va klublar, kasalxonalar bor. Gay balneobalchiq kurorti ishlab turibdi.