ORALIQ XOʻJAYIN

ORALIQ XOʻJAYIN (biologiyada) — 1) voyaga yetmagan parazitlar yashaydigan hayvon organizmi. Oraliq xoʻjayindan soʻng parazitning rivojlanishi asosiy xoʻjayinda davom etadi, mas, bezgak paraziti uchun odam O. x., bezgak chivini asosiy xoʻjayin boʻladi. Odam organizmi (eritrotsitlar) da parazit koʻp marta boʻlinish orqali koʻpayadi. Jigar qurti uchun suv shilligʻi Oraliq xoʻjayin, sut emizuvchi hayvonlar va odam asosiy xoʻjayin hisoblanadi. Chunki jigar qurtining lichinkasi suv shilligʻi tanasida maʼlum vaqt rivojlanadi, lekin faqat sut emizuvchilar jigari oʻt yoʻllariga oʻtgandan keyin voyaga yetadi va tuxum qoʻyib koʻpaya boshlaydi. Parazitning rivojlanish siklida bir necha Oraliq xoʻjayin boʻlishi ham mumkin. Mac, lansetsimon soʻrgʻichlining 1-O. x. i quruqlikda yashovchi shilliklar, 2-O. x. i chumolilar hisoblanadi. Ayrim parazitlar (jigar qurti, exinokokk) lichinkalik davrida Oraliq xoʻjayin organizmida koʻpayishi mumkin. 2) zang zamburugʻlarining maʼlum rivojlanish davri oʻtadiga oʻsimlik. Bu zamburugʻlarning koʻpchiligi Oraliq xoʻjayinda sporalar hosil qilib, oʻsimlikning rivojlanishiga zarar keltiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x