OQTOV TIZMASI — Jan. Nurota togʻlaridagi tizma. Samarkand va Navoiy viloyatlari hududida joylashgan, jan.-sharkdan shim.-gʻarbga 120 km ga choʻzilgan. Sharqda Qaroqchitogʻ tizmasi, gʻarbda Qizilqum choʻli, shim. da Nurota botigʻi, jan.-gʻarbda Qoratogʻ tizmasi bilan chegaralangan. Oʻrtacha bal. 1000 — 1200 m; shim.-gʻarbda 600 m gacha pasay-ib, tekislik bilan tutashadi. Eng baland joyi 2003 m (Taxku choʻqqisi). Tizmaning jan. yon bagʻri qiyaroq, koʻplab daryo va soylar b-n kesilgan. Oqtov tizmasi bir nechta kichik togʻlar (Baxiltogʻ, Pistali, Dultali, Oqtosh) dan iborat. Gersin bur-malanishi davrida shakllangan antiklinal struktura. Paleozoyning yangi tektonik harakatlar taʼsirida koʻtarilgan ohaktosh, slanes, granitlaridan tashkil topgan. Iushmi keskin kontinental, yillik yogʻin (gʻarbiy etaklarida) 250 mm dan ziyod, sharqiy etaklarida esa (bal. 720 m) 450 mm dan ortiq. Tizmaning yuqori qismlarida yogʻin koʻproq. Oqtov tizmasidan Zarafshon daryo-sining oʻng irmoqlari (Zarbandsoy, Quruqsoy, Andoqsoy, Tasmachisoy, Maydonsoy, Oltinsoy va b.) boshlanadi. Tizmada koʻplab karst buloqlari mavjud boʻlib, daryolarning toʻyinishida (ayniqsa, yoz faslida) asosiy rol oʻynaydi. Shim. yon bagʻridagi soylarda ham suv bahor faslida boʻladi. Togʻ yon bagʻrida oddiy boʻz va toʻq-boʻz, togʻ ji-garrang tuproklar tarqalgan. Efemer va efemeroid, shuvoq, qoʻziquloq, oq kavrak, bugʻdoyiq, tipchak, uchqat, doʻlana, pista, naʼmatak, bodom, baland boʻyli dasht oʻtlari oʻsadi. Oqtov tizmasida dala shpati, granit, marmar konlari mavjud. Yaylov sifatida foydalaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые