OQTOSH AGALMATOLITALUNIT KONI

OQTOSH AGALMATOLITALUNIT KONIToshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi kon. Gʻazalkent sh. yaqinida, Qorjontovning jan. yon bagʻrida joylashgan. 1923-y. da konda agalmatolit, dyumortyerit va ikkilamchi kvarsitlarda alunit borligi aniqlangan. Oqtosh agalmatolitalunit koni toshkoʻmir davriga mansub har xil tarkibli effuziv jinslar (Aqcha svitasi)da topilgan. Effuzivlar gum-bazsimon bukilmalar hosil qilgan boʻlib, ularda turli yoʻnalishdagi yoriklar mavjud. Leykokrat granitlar eni 50—300 m li kvars-seritsit, kvars va andaluzit-korundli jinslar b-n oʻralgan. Aqcha svitasi (qalinligi 400 — 600 m) dagi past t-rada hosil boʻlgan kvarsit zonasida alunit, diaspor, agalmatolitlarning linzasimon, ustunsimon tanalari joylashgan. Kvarsitlashgan zonaning jan. da dyumortyerit, korundga boy kvars-seritsitli jinslar, shim. da kaolinitli, dias-porkaolinit-pirofillitli, diaspor va alunitli kvarsitlar keng tarkalgan. Alunitli uyumlar 20—120 m li izotermik shakllarga ega. Alunitning rudadagi umumiy miqdori 10—60%. 100—500 m chukurlikda alunitli kvarsitlar borligi aniklangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x