OQTOSH — Samarkand viloyati Narpay tumanidagi shahar. Viloyatning jan.gʻarbida joylashgan. Tuman marka-zi. 1967-y. 31 sent. da tashkil etilgan. T. y. stansiyasi (Zirabuloq). Viloyat mar-kazi (Samarqand)dan 133 km gʻarbda. Aholisi 35 ming kishiga yaqin (2003), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, tatar, tojik, qozoq, ukrain, koreys, yahudiy va b. millat vakillari ham yashaydi. Shaharda 12 umumiy taʼlim maktabi, 2 kasb-hunar kolleji, 2 av-tokorxona, paxta tozalash z-di, «Oqtoshdon», «Oqtoshnon», «Salomatlik» aksiyadorlik jamiyatlari, «Zarafshon» firmasi, Zirabuloq tajri-ba-sinov z-di, MTP, Zirabuloq magistral gaz yoʻllaridan foydalanish boshqarmasi, 4 bank, qurilish qish-loq k-ti, 2 ta bozor, 2 klub, tuman markaziy madaniyat uyi, 8 kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi, markaziy kasalxona, kattalar, bolalar, stomatologiya poliklinikalari, dorixona va b. savdo, madaniy, maishiy shoxobchalar bor. «Oqtosh-efir» telestudiyasi faoliyat koʻrsatadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые