OQSOʻXTA (Dactylis glomerata L ) – bo-shokdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Oqsoʻxtaning boʻyi 100-150 sm. Po-yasi koʻp, havol, serbarg. Ildiz oldi barglari juda koʻp, ingichka va uzun (100 sm gacha). Toʻpguli bir yonlama roʻvak, poyaning uchida. Ildizi sershox, uzun (100 sm gacha).
Oqsoʻxta qor ostidayoq koʻkara boshlaydi, iyunda gullaydi, avg. da urugʻi pishadi va yer ustki qismi quriydi. Oʻzbekistonda togʻlarning shim. yon bagʻirlarida, ayniqsa, daraxt va butalar ostida koʻp usadi. Oqsoʻxta eng yaxshi ozuqabop oʻsimliklardan biri; tarkibida 6,2 — 24,3% protein bor. Mollarga koʻk holida beriladi, pichan tayyorlashda 19-a. boshlarida Oqsoʻxta lalmikor va sugʻoriladigan yerlarga ekila boshlagan.