OQSOQOL

OQSOQOLMarkaziy Osiyo xalqlari, jumladan, oʻzbeklar oʻrtasida obroʻ eʼtiborli, uvali-juvali va tadbirkor kishilarga nisbatan hurmat yuzasidan ishlatiladigan atama. Oqsoqollar qadimda urugʻ-jamoa boshligʻi va keyingi davrlarda nufuzli ayonlar toifasiga kiritilgan. Mas, Xiva xonligida Oqsoqollar elchilarni qabul qilish va b. koʻpgina tadbirlarda faol ishtirok etishgan.

Qishloqjamoasini ham saylab qoʻyiladigan Oqsoqollar boshqarishgan. Yirik shaharlar, dahalar va mahalla (guzarlar) boshliklari ham Oqsoqollar hisoblangan. Shuningdek, qishloq hunarmandchilik ustaxonalariga ham Oqsoqollar rahbarlik qilgan. Yirik suv tarmoklarida sugʻorishtaqsimlanishini ariq-oqsoqol nazorat qilgan. Oqsoqollar turli soliqlar toʻplashga, q. x. yumushlarini bajarishga, qasharlarni uyushtirishga va toʻymarakalarni tashkil etishga rahbarlik qilganlar. Baʼzan zarurat tu-gʻilganda Oqsoqol lardan oilaviy-maishiy masalalarni hal etishda ham maslahatlar soʻralgan.

Hozir — qishloq fuqarolar yigʻinlari va shaharlar mahalla qoʻmitalari raislari. Respublika, viloyat, tuman va shaharlarda Oqsoqollar kengashlari faoliyat yuritmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x