OQSHIYROQ

OQSHIYROQ — Tyanshandagi togʻ massivi, Qirgʻizistonda. Jan.-gʻarbdan shim.-sharqqa tomon choʻzilgan va Norin daryosi bilan Sarijaz daryosi havzasi oʻrtasida suvayirgʻich. Uz. 50 km. 3 parallel tizmadan iborat. Eng baland joyi 5126 m. Metamorfik slanes, ohaktosh, granitlardan tarkib topgan. Tyanshandagi muhim muzlik markazi. Umumiy mayd. 439 km2; 59 muzlikdan eng kattasi Petrov muzligi boʻlib, Norin daryosi shu yerdan boshlanadi. Baland togʻ-subnival va glyatsial-nival landshaftlar asosiy oʻrin tutadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x