OQQURAY

OQQURAY (Psoralea L.) — dukkakdoshlar oilasiga mansub oʻtlar turkumi, koʻp yillik oʻsimlik. Oʻzbekistonda (R. drupaceae Bge.) dukkakli Oqquray turi uchraydi. Ildizi yoʻgʻon va uzun. Poyasi tarvaqaylab shoxlangan, uz. 130 sm cha. Barglari oddiy, yaxlit, yumaloq yoki uch boʻlakli, cheti arrasimon, bandli, ket-ma-ket joylashgan. Guli mayda, toʻpguli shingilsimon, gultojisi binafsha rang. Gulkosalari qoʻngʻiroqsimon, 5 tishli. Mevasi bir urugʻli dukkak. Duk-kagi paxmoqtukli. Poyasi, bargi hamda mevasi tuk va mayda bezakchalar bilan qoplangan. Iyun—sent. oylarida gul-,1ab urugʻlaydi. Dorivor oʻsimlik hisoblanadi. Ildizi va mevasida furokumarinlar (psoralen, izopsoralen va b.), mevasida efir moyi va b. mavjud. Ildizi va mevasidan olinadigan psoralen preparati pes kasalligi (vitili-go)ni davolashda ishlatiladi. Togʻ yon bagʻirlarida, baxrrikor yerlarda begona oʻt sifatida oʻsadi. Choʻl va adir mintaqalariga keng tarqalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x