OQQANOTLAR

OQQANOTLAR, aleyrodidlar (Aleyrodinea) — tengqanotlilar turkumiga mansub hasharotlarning kenja turkumi. Tanasining uz. 1,3—1,8 mm. Voyaga yetgan individlari juda harakatchan; oq unsimon gʻubor bilan qoplangan qanotlari bor. Moʻylovlari 3—7 boʻgʻimli. Ogʻiz apparati soʻruvchi tipda. Chala oʻzgarish bilan rivojlanadi. Oqqanotlar namsevar hasharotlardir, shuning uchun havo haroratining oshishi va nisbiy namlikning pasayishi ularning rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Oʻzbe-kistonda issiqxona O. (Trialeurodes vaporarioum Westw.) va gʻoʻza yoki tama-ki Oqqanotlar (Bemisia tabaciu) nisbatan yaqinda paydo boʻlib, asosan, issiqxonalardagi oʻsimliklarga zarar keltira boshladi. Birok, keyingi yillarda ular ochiq daladagi sabzavot ekinlarga ham keng tarqalmokda. Sugʻorma dehqonchilik mintaqalarda yiliga 7—8 avlod beradi. Oqqanotlar lichinkasi hujayra shirasini soʻrib, oʻsimlik rivojiga salbiy taʼsir qiladi va ular ajratgan yopish-qoq suyuqlikda qorakuya zamburugʻlari taraqqiy etib, assimilyatsiya jarayonini susaytiradi, shu tarika Oqqanotlar ikki ta-raflama zarar keltiradi.

Oqqanotlar: yetuk issiqxona oqqanoti va bargdagi hasharotlar.

Kurash choralari: aktellik (0,15%), karbofos (0,2%), BI-58 (0,15%) va piretroidlar (prometrin, simbush, detsis, sumi-alfa, rovikurt va b.) purkash; issiqxonalarda 1—3 yoshdagi lichinkalarga karshi entomo-patogen zamburugʻ — ashersoniya, katta yoshdagi lichinkalarga karshi esa enkar-ziyadan foydalanish tavsiya etiladi.

Shamil Xoʻjayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x