OQOLTIN

OQOLTINAndijon viloyati Ulugʻnor tumanidagi shaharcha. Tuman markazi. Yaqin t. y. stansiyasi — Margʻilon (35 km). Viloyat markazi (Andijon)gacha 65 km. Oqoltin 1987-y. da Shaxriobod va Oqoltin qishloqlarining birlashtirilishidan vujudga kelgan. Mayd. 780 ga, 450 m balandlikda. Aholisi 9 ming kishi (2003), asosan, oʻzbeklar (99,8%). Shaharchaning asosiy suv manbasi — Katta Andijon kanali. O. da tuman hokimiyati binosi, «Oqoltin» shirkat xoʻjaligi, bir qancha fermer xoʻjaliklari, paxta tozalash z-di, «Universal» bozori, Buyuk Britaniyaning Kordes LTD firmasi bilan hamkorlikda ish boshlagan toʻqimachilik va tikuvchilik-ka ixtisoslashgan «Ulkard» qoʻshma korxonasi, avtokorxona, maishiy xizmat uyi bor. O. hududidan Margʻilon — Soyboʻyi — Ulugʻnor — Mingbuloq, Shtab — Ulugʻnor magistral yoʻllari oʻtgan. Oqoltin avtomobil yoʻllari orqali Namangan, Margʻilon, Fargʻona, Andijon va b. shaharlar bilan bogʻlangan. 3 umumiy taʼlim maktabi, q. x. kasb-hunar kolleji, internat litseyi, internat-gimna-ziyasi, bolalar musiqa maktabi, madaniyat uyi, markaziy kutubxona faoliyat koʻrsatadi. «Ulugʻnor» stadioni, «Ulugʻ-nor» qishloq sport sogʻlomlashtirish klubi, tennis korti, «Al Majiddin» sport-i. ch. firmasi, bolalar sport maktabi ishlab turibdi. Markaziy kasalxona (170 oʻrin), uning bolalar, jar-rohlik, tez tibbiy yordam, ginekologiya, terapiya, tugʻruqxona boʻlimlari mavjud). Poliklinika, 5 dorixona bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x