OQJAR NEFT VA GAZ KONI

OQJAR NEFT VA GAZ KONIBuxoro viloyati Qiziltepa tumanidagi kon. 1959—62 y. larda konda razvedka ishlari olib borilgan. 1964-y. neft va 1966 i. gaz olina boshlandi. Kon yura, boʻr, paleogen va neogen davrlari jinslaridan tarkib topgan. Neft va gaz yuraboʻr davrlari jinslari ora-sida. Yura davri jinslari kulrang qum-tosh, alevrolit, gil, angidrit, mergel va gilli oxaktoshlardan, boʻr davri jinslari esa qoʻngir, qizil, koʻkim-tir, kulrang qumtosh, alevrolit va gildan iborat. Bu jinslarning umumiy qalinligi 120— 550 m. Paleogen davri jinslari sargʻish ohaktosh va koʻk gil qatlamlaridan tuzilgan. Umumiy qalinligi 35 m. Gorizontlarning uz. 840 m gacha, eni 330-2000 m, bal. 8-160 m, umumiy qalinligi 7,4—167 m, mahsuldor qatlam qalinligi 1,3—47 m; jinslarning gʻovakligi 7,25—26%, oʻtkazuvchanligi 22—913 millidarsi. Gaz tarkibida 94,6% metan, 3,2% azot, neft tarkibida 1,57% oltingugurt, 0,68% asfalten, 5,16% parafin bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x