OQILOVLAR

OQILOVLAR — 20-a. Oʻzbekiston raqs sanʼatiga ulkan hissa qoʻshgan sanʼatkorlar oilasi. Sulola boshligʻi raqqos, baletmeyster, oʻzbek sahna raqsi asoschilaridan, Oʻzbekiston xalq artisti (1964) Isoxor Oqilov (1914.14.7, Samarqand — 1988.25.9, Toshkent) — Samarqanddagi Musiqa va xoreografiya in-tida (1928— 29), oʻzbek davlat mu-sikali teatri studiyasida (1929—32) taʼlim olgan. Katta teatrda malaka-sini oshirgan (1953 — 54). 1932—36 y. lar tojik va yahudiylar musiqali teatri (Samarqand, Buxoro) da, 1936-y. dan M. Qoriyoqubov nomidagi oʻzbek davlat filarmoniyasida ishlagan. «Char-xi doʻzon», «Katta uyin», «Lazgi», «Yakkaqars», «Ohangi koʻhiston» kabi raqslarni mahorat bilan ijro etgan. Anʼ-anaviy-mumtoz («Sevgi taronasi», «Munojot», «Tantana», «Buxoro yulduzi» kabi), zamonaviy («Tong malikasi», «Uch guzal», «Shodiyona» va b.) raqslarni sahnalashtirgan. «Shodlik», «Guzal» ansambllarini tashkil etgan. Buxoro mumtoz raqsi anʼanalari, professional oʻzbek raqsining rivoj to-pishida uning xizmatlari alohida. Koʻpgina filmlarga («Maftuningman», «Amirlikning yemirilishi» va b.) baletmeysterlik qilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977). G. Izmaylova, K Mirkarimova, H. Komilova, K. Yusupova, G. Mavayeva, D. Jabborova, Q. Doʻstmuhamedova, M. Ahmedova, Q. Moʻminov va b. uning shogirdlaridir. Isoxor Oqilovning rafiqasi Oʻzbekiston xalq artisti (1970) Margarita Oqilova (1920.20.1, Samarkand) — raqqosa. 1932—35 y. lar Dushanbadagi Loxutiy nomidagi Davlat mu-siqali teatrida ishlab, shu teatr studiyasini tamomlagan. 1935—36 y. larda Samarqanddagi tojik va yahudiylar musiqali teatrida yakkaxon. 1936—60 y. larda oʻzbek davlat filarmoniyasida ishlagan. «Zang oʻyin», «Guluzorim», «Tanavor», «Dilxiroj», «Buxorocha raqs» kabi raqslarni ijro etgan. 1960—89 y. lar Toshkent toʻqimachilar saroyi qoshidagi xalq raqs ansamblida bad. rahbar.

Viloyat Oqilova (1937.12.10, Samarqand) — raqqosa, baletmeyster. Oʻzbekiston xalq artisti (1989). Oqilovlar kizi. 1958—94 y. lar filarmoniyada raqqosa, baletmeyster, 1994—96 y. lar «Turkiston» saroyida, 1996-y. dan Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyatida baletmeyster. «Zang», «Larzon», «Shodlik», «Xorazm lazgisi», «Tojik goʻzali», «Pomir raqsi», «Afgʻoncha», «Dilrabo», «Shodiyona» kabi bir qancha raqslarni koʻtarinkilik, joʻshqinlik bilan ijro etgan.

Baletmeyster sifatida «Chorzarb», «Sa-mandariy», «Buxoro toʻlqini», «Tanavor 2», «Afgʻoncha», «Tojikcha», «Surnay lazgisi» kabi raqslarni sahnalashtirgan. Raqqosa ijodi lirik joʻshqinligi, nafis, ravon ijrosi, oyoq, qoʻl, bosh va tana harakatlarining umumiy ohangga boʻysunishi, shoʻxchanligi, plastik ifodaviylikning kuchliligi bilan ajralib turadi. «Zarafshon» ansamblining tashkilotchilaridan. R. Sultonova, F. Solihova, R. Abdulxayirova, N. Olimova, E. Norboyeva, X. Ixtiyorovalarga ustozlik qilgan. «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).

Zulayho Oqilova (1945.12.3, Toshkent — 2000.30.9, Moskva) — raqqosa, baletmeyster. Oqilovlar qizi. Navoiy teatrida M. Leviyevning «Suhayl va Mehri», DʻFalyaning S«yevgi-sehrgar» baletlarini sahnalashtirgan. «Sharqminiatyuralari» (rej. L. Fayziyev) filmiga ham baletmeysterlik qilgan. Bir qancha oʻzbek («Chexra», «Baliq va baliqchi», «Tinchlikni asrang!») va jahon xalqlari raqslarini mohirona ijro etgan.

Lola Oqilova (1957.10.6, Toshkent) — raqqosa. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1990). Oqilovlar qizi. «Paripari», «Tojik goʻzali», «Baxt qushi», «Fargʻonacha», «Xorazmcha», «Uchrashuv», «Larzon» va b. raqslari bilan tanilgan. Oqilovlarga bagʻishlangan «Oqilovlar raqsga tusha-di» («Charxu du zonu») va «Quvonch» (rej. A. Yoqubov, 1980) filmlari suratga olingan.

Gavhar Oqilova (1949.27.4, Toshkent) — dirijyor, Oqilovlar qizi. Yusuf Oqilov (1963.28.2, Toshkent) — kompozitor. O. oʻgʻli.

Mohina Ashirova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x