OQBULOQ — Toshkent viloyatidagi soy. Chatqol daryosining eng yirik irmogʻi. Chatqol tizmasining suvayirgʻich qismidagi (3477 m.) kichik togʻ kulidan boshlanadi. Uz. 40 km, havzasining mayd. 818 km2. Yuqori oqimida vodiysi kengroq, quyi oqimida vodiysi juda tor, yon bagʻirlari tik. Qor va yomgʻirdan toʻyinadi. Umumiy uz. 135 km boʻlgan 85 ta irmogʻi bor. Eng yiriklari Toshkeskansoy, Qoʻshmonsoy, Sargardonsoy, Qorarchasoy.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые