OQ QOʻYUNLI

OQ QOʻYUNLI, oq qoʻyunlilar, oq qoʻyli — 1) turk-oʻgʻuz qabilalarining Dajla daryosining yuqori oqimi boʻylarida 14—15-a. larda tashkil topgan birlashmasi;

2) ushbu birlashmaga rahbarlik qilgan yetakchi qabila — boyondurlardan chiqqan sulola;

3) aynan shu birlashma tomonidan 15-a. boshida barpo etilgan davlat. Uzun Hasan davrida (1453—78) Oq qoʻyunli oʻzlarining asosiy dushmanlari — Krra koʻyunlilar davlatini tor-mor etganlar (1468). Armaniston, Ozarbayjon, arab Iroqi va Gʻarbiy Eronni egallab, Tabriz sh. ni poytaxt qilishgan. Uzun Hasan Usmonli turk saltanati bilan muvaffaqiyatsiz urushlar olib borgan. Shuningdek, Gruziya bilan ham urushgan (1477). 1489—97 y. larda soliq islohoti oʻtkazishga harakat qilingan, lekin u mulkdorlarning qarshiligiga uchragani sababli natijasiz tugagan. 16-a. boshida Oq qoʻyunli davlati Ismoil /Safaviy boshchiligidagi kizilboshlilar tomonidan tor-mor etilgan;

4) oʻzbeklar va qoraqalpoqlar tarkibiga kirgan urugʻ nomi. Oq qoʻyunli etnonimi 20-a. boshlarigacha oʻzbek-qoʻngʻirotlar (q. Qoʻngʻirot), shuningdek, Zarafshon vodiysida yashovchi qoraqalpokutr tarkibida saqlanib qolgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x