OQ OʻRDA (rus manbalarida Koʻk Oʻrda) — Oltin Oʻrdannng bir qismi. Joʻji-xonning oʻgʻli Botuxon va uning avlodlari tomonidan idora qilingan; ik-kinchi qismini Joʻjixonning boshqa oʻgʻli Oʻrdaxon (Oʻrda-Ichen) boshqargan. Bu holat 13—14-a. lar davomida oʻzgarmay kelgan. Botuxon avlodiga nomigagina qaram boʻlgan Oʻrdaxon avlodlari keyinchalik, Sasibuqo davrida (1291 — 1310) toʻla mustaqil boʻlib olganlar. Oltin Oʻrda tushunchasi Botuxon davridan boshlab butun Joʻji ulusiga, 14-a. boshidan esa Oq Oʻrdaga nisbatan qoʻllanilgan. Oq Oʻrda tarkibiga Sirdaryo havza-sining katta qismi va Orol dengizining shim.sharqidagi choʻllardan Ishim va Sarisuv daryolarigacha yoyilgan hududlar kirgan. Poytaxti — Sigʻnoq sh. (Hoz. Tumanariq t. y. st-yasi yaqinida). 14-a. oxirida Oq Oʻrda Amir Temur tomonidan zabt etilgan. 15-a. da Oq Oʻrda hududida Oltin Oʻrdaning davomi si-fatida yangi davlatlar (Kamma Oʻrda, Noʻgʻay Oʻrda, Qosimovlar podsholigi hamda Oʻzbek, Qrim, Qozon, Sibir va b. xonliklar) vujudga kelgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые