OQ NIL

OQ NIL, Bahr ul-Abʼyaz (arab, bahr — daryo, abʼyaz — oq) — Nil daryosining chap irmogʻi, Al-Gʻazal daryosi quyilgan joydan Koʻk Nil daryosi quyiladigan joygacha boʻlgan qismining nomi. Uz. 957 km. Eng katta ir-mogʻi (oʻngdan) Sabat (u toʻlib oqqan vaqtlarda koʻplab oqish rangdagi mu-allaq oqiziqlar keltiradi; daryo nomi ham shundan). Sabat qoʻshilgan joydan Koʻk Nil quyiladigan joygacha juda sekin oqadi. Yuqori qismida yillik oʻrtacha suv sarfi 453 m3/sek., Xartum sh. yonida esa 800 m3/sek. Nil suvini tartibga solish uchun Xartum sh. dan 40 km yuqorigatoʻgʻon qurilgan. Oq Nildan sugʻorishda foydalaniladi, baliq ovlanadi. Kema qatnaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x