OQ MUSHAK KASALLIGI

OQ MUSHAK KASALLIGI — chorva mollari, parrandalarda uchraydigan kasallik. Moddalar almashinuvining buzilishi, miokard-yurak mushagi va skelet mushaklaridagi funksional hamda morfologik oʻzgarishlari bilan kechadi. Koʻproq buzoklar va qoʻzilarda, kamroq choʻchqa bolalarida, moʻynali hayvonlarda, joʻjalar va b. da kuzatiladi. Ozuqa tarkibida oqsil, fosfor, mikroelementlar va vitaminlar yetishmaganda, qayvonlar va parrandalar surunkali bir xil va toʻyimsiz ozuqa bilan oziklantirilganda yuzaga keladi.

Buzoklar va qoʻzilarda kasallikning boshlanishida holsizlik, koʻp yotish; skelet mushaklari zararlanganda — harakat muvozanatining buzilishi, paralich, miokard zararlanganda — yurak urishi ritmining buzilishi, taxikardiya, nafas olishning tezlashishi kuzatiladi. Kasallik rivoj olsa, oyoklar, koʻkraklarda, krrinda shish paydo boʻladi. Siydikda shakar, atseton tanalari paydo boʻladi. Kasallik oʻtkir va yarim oʻtkir, baʼzan surunkali kechadi. Kasallik klinik belgilari paydo boʻlgandan keyin, odatda, 3—7 kun davom etadi, ayrim hollarda kasallik belgilari namoyon boʻlgandan keyin hayvon bir necha soat ichida nobud boʻladi.

Davolash. Hayvonlarni yaxshi sharoitlarda saqlash va toʻyimli ozuqalar bilan boqish. Teri ostiga natriy selenit tuzining 0,5% eritmasi (1 kg tana massasiga 0,1—0,15 mg quruq modda yuboriladi), vitamin Ye beriladi. Asorat paydo boʻlsa antibiotiklar qoʻllaniladi.

Oldini olish. Oq mushak kasalligi boʻyicha nosogʻlom xujaliklarda x. ayvonlarni bogʻlab boqish paytida ratsionga silos, beda, suyak uni, mikroelementlar qoʻshiladi. Boʻgʻoz mollarga (tugʻishgacha 20—30 kun qolganda) va yangi tugʻilgan buzoq va qoʻzilarga natriy selenitlarning 0,5% eritmasidan teri ostiga yuborish tavsiya etiladi. Joʻjalarga I kg ozuqaga 1 mg selen qoʻshib, 5—7 kun davomida beriladi.

Hoshim Nurmamatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x