OQ DENGIZ — Shim. Muz okeanining ichki dengizi. RF Yevropa qismining shim. qirgʻoqlarigatutash. Shim. da Gorlo boʻgʻozi orqali Barens dengizi bilan bogʻlangan. Mayd. 90 ming km2. Oʻrtacha chuq. 67 m, eng chuqur joyi 350 m. Yirik qoʻltiqlari: Kandalaksha, Onega, Dvina, Mezen. Yirik orollari: Solovki, Morjoves, Mudyuga. Oq dengizga Shim. Dvina, Mezen, Onega, Vig, Umba, Varzuga, Ponoy daryolari quyiladi. Iklimi dengiz qutb iklimi bilan kontinental moʻtadil iklim orasida. Yanv. da havoning oʻrtacha t-rasi —9° dan — 13° gacha, iyulda 8° —15°. Yillikyogʻin jan. da 529 mm, shim.-sharkda 282 mm. Suvining t-rasi dengiz yuzasida yezda 6,9° dan 15° gacha, qishda markaziy qismida —1,3° dan —1,7° gacha va qoʻltiqlarda 0,5° dan 0,7° gacha. Suvining shoʻrligi 24 %i gacha. Oq dengiz okt. —noyab. dan boshlab may—iyungacha muzlab yotadi. Suv koʻtarilishi 10 m gacha. Dengiz tubida yashaydigan 720 tur hayvon, 60 turdan ortiq baliq, 5 tur dengiz sut emizuvchilari bor. Portlari: Arxangelsk, Onega, Belomorsk, Kandalaksha, Kem, Mezen, Umba. Oq dengiz Oq dengiz — Boltiq kanali orqali Boltiq dengizi va Volga — Boltik suv yoʻli orqali esa Azov, Kaspiy va Kora dengizlar bilan tutashgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые