OPTIK TIZIMLAR

OPTIK TIZIMLAR — optik elementlar (linza, koʻzgu, prizma, plastinka va h. k.) majmui. Quyidagi koʻrsatkichlar b-n ifodalanadi: chiziqli apertura, burchakli yoki chiziqli kuzatish maydoni, optik kattalashtirish oʻlchamlari, tasvirning sifatliligi, ajrata olish qobiliyati va yorugʻlik energiyasini taqsimlay olishi. Optik tizimlar yordamida buyum tasviri fotoplastinka, fotoelement va b. da hosil qilinadi yoki yorugʻlik manbaidan chiqqan nur dastasining yoʻnalishi, intensivligi va b. oʻzgartiriladi.

Optik tizimlar koʻrsatkichlariga tegishli masalalar ideal optik tizim qonunlari or-qali hal qilinadi. Tasvirning sifatliligi va ajrata olish qobiliyatida esa Optik tizimlarning quyidagi nozik xususi-yatlari ham hisobga olinadi: optik tizim aberratsiyasi, difraksion hodi-salar, Optik tizimlarning notoʻgʻri tayyorlanganligi va q. k. Tasvirning sifatliligini belgilaydigan omillar sifatida yo koʻndalang toʻlqin aberratsiyaning qiymati, yoki chastota-kontrast xarakteristika kattaligi olinadi. Optik tizimlar kinotexnika, televideniye, fotografiya, mikroskopiya, harbiy ish va b. koʻp sohalarda qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x