OPTIK KUCH — simmetriya oʻqiga ega boʻlgan linza yoki linzalar tizimining yorugʻlik nuri sindiruvchanlik qobiliyatini ifodalaydigan kattalik. Tizimning fokus masofasiga teskari boʻladi. Shunday qilib, linzalar tizimi (yoki bitta linza) yorugʻlik nurini qancha kuchli sindirsa (yaʼni fokus masofasi qancha kichik boʻlsa), O. k. shuncha katta boʻladi. Optik kuch dioptriyada oʻlchanadi. U koʻz dioptikasi va koʻzoynak optikasida keng qoʻllaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые