O‘pka sili

DO`STLARGA ULASHING:

O‘pka sili, ya’ni tuberkuloz yuqumli kasallik bo‘lib, birinchi galda, o‘pkada o‘ziga xos, spetsifik o‘zgarishlar paydo bo‘lib borishi bilan xarakterlanadi. 1882-yili 24-martda nemis bakteriologi Robert Kox tomonidan tuberkuloz qo‘zg‘atuvchisi kashf etildi. U sil qo‘zg‘atuvchisini bemorlar balg‘amidan, vafot etganlarning tana a’zolaridan topib, uni sil mikobakteriyalari deb atadi. Hozirgacha bu bakteriya birinchi marta topgan kishining nomi bilan Kox batsillasi deb atalib kelinmoqda.

Sil tayoqchasi harakatsiz bo‘lib, qayrilgan sporalar hosil qilmaydi, u bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi, uning uzunligi 1—5 mk, yo‘g‘onligi 0,4 mk.ga teng. Odamga, sil, asosan, aerogen yo‘l bilan yuqadi, ya’ni sil mikobakteriyalari organizmga nafas yo‘llari orqali kiradi. Sil mikobakteriyasi bemorning balg‘ami, siydigi va najasi orqali ajraladi.

Sil mikobakteriyalari kasaldan sog‘ odamga tomchi infeksiyasi yoki qurigan balg‘am zarrachalarini tutuvchi chang orqali o‘tadi. Yo‘tal, aksirish va yaqindan turib gaplashish vaqtida ichida sil mikobakteriyalari bo‘lgan yengil tomchilar xonaga tarqaladi, so‘ng ular o‘pka yo‘llari orqali odam organizmiga kiradi, bundan tashqari, bemor yo‘tal vaqtida ajratilgan tomchilar qurib, atrof havoga tarqaladi. Sil mikobakteriyalari o‘pkaga nafas bilan olingan havo orqali kirib, silni yuqtiradi.

Bemor foydalangan buyumlar (dastro‘mol, ich kiyim, o‘rin- ko‘rpa, yumshoq mebel, idish-tovoq va h.k.) ham kasallik yuqtiruvchi manba bo‘lishi mumkin. Ba’zi hollarda sil bilan og‘riyotgan hayvonlar suti ham kasallikni keltirib chiqaruvchi omil bo‘la oladi. Bunday hollarda xastalik ichak orqali yuqadi.

Kasallikning tasnifi. Xalqaro ftiziatrlar syezdining 1979-yil apreldagi qabul qilgan buyrug‘iga muvofiq, sil quyidagicha tasniflanadi:

  1. Birlamchi sil kompleksi.
  2. To‘sh ichidagi limfa tugunlari sili.
  3. Disseminatsiyalangan (yoyilib ketgan) o‘pka sili.
  4. O‘pkaning yarimo‘tkir va surunkali desseminatsiyalangan sili.
  5. O‘choqli o‘pka sili.
  6. Infiltrativ o‘pka sili.
      7.O‘pka tuberkulemasi.
  1. Kavernoz o‘pka sili.
  2. Fibroz-kavernoz o‘pka sili.
  3. Sirrotik o‘pka sili.
  4. Sil plevriti.
  5. Yuqori nafas yo‘llari sili.
  6. Nafas a’zolarining chang va kasb-korga aloqador o‘pka kasalliklari bilan birga qo‘shilgan sili.
  7. Boshqa a’zo va sistemalar sili (markaziy asab sistemasi, ichak, suyak va bo‘g‘inlar, siydik va tanosil a’zolari, teri, limfa tugunlari, ko‘z va boshq.).
O‘pka sili: yengil, o‘rtacha, og‘ir o‘tishi mumkin. Kasallikning kompensatsiyalangan (A), subkompensatsiyalangan (B), dekom- pensatsiyalangan (C) turlari mavjud.
Kasallikning bemor balg‘ami bilan birga sil mikobakteriyalarini ham chiqarib turadigan turi (ochiq turi) —BK, sil mikobak- teriyalari hamisha chiqmasdan vaqt-vaqti bilan chiqib turadigan bo‘lsa +BK deb belgilanadi. Balg‘am bilan birga sil mikobakteriyalari chiqib turmaydigan kasallik turi — BK deb belgilanadi. Sil avj olib borganda uning infiltratsiya, parchalanish, surilish, zichlanish va ohaklanish bosqichlari farqlanadi.
O‘pka silining klinikasi. O‘pka sili bilan og‘riyotgan bemorlar, odatda, ko‘krak og‘rig‘i, yo‘tal, qon tupurish, tana haroratining ko‘tarilishi, terlash va ozishdan shikoyat qilishadi. Ba’zan bunday bemorlarning ishtahasi yo‘qoladi, ichi ketadi, ularda umumiy nerv qo‘zg‘alishi kuzatiladi. Ayrim hollarda sil boshqa kasalliklar niqobi ostida o‘tadi — cho‘zilib ketgan gripp, atipik pnevmoniya va boshqalar. Shuning uchun bemordan so‘ragan paytda pnevmoniya, gripp, bronxit, ekssudativ plevrit kabi ko‘pincha qaytalanib turadigan kasalliklarga ahamiyat berish kerak.
Ko‘zdan kechirib ko‘rilganda sil intoksikatsiyasiga xarakterli bo‘lgan simptomlar topiladi. Terining rangi o‘chib, oqarib, ko‘z- ning chaqnab turishi, lunjlarda isitmaga aloqador qizillik shular jumlasidandir. Silning gematogen turlarida bo‘yin, qo‘ltiqosti sohasi, chovdagi limfa tugunlari kattalashadi. Perkussiyada urib ko‘rilganda ba’zi hollarda perkutor tovush bo‘g‘iqroq bo‘lib eshitilsa (ekssudativ plevritda), boshqa hollarda quticha yoki timpanik tovush eshitiladi (o‘pka emfizemasi, kavernalarda).
Auskultatsiyada turli-tuman o‘zgarishlar aniqlanadi. O‘pka fibrozida qattiq, infiltrativ jarayonlarda bronxial o‘pka emfizemasi, ekssudativ plevritlar hamda plevra bitishmalarida esa susayib qolgan nafas qayd qilinadi. Kavernozda yirik pufakli nam xirillashlar eshitiladi. Kavernalar bronxlar bilan tutashgan bo‘lsa, u vaqtda bronxial yoki amforik nafas paydo bo‘ladi.
Laboratoriya tahlili. Sil pnevmoniyasi bilan og‘rigan bemor qonida neytrofill leykositoz, eritrotsitlar cho‘kish tezligi kuchaygan bo‘ladi, eozofiliya qayd qilinadi.
Balg‘amni tekshirish o‘pka silini aniqlashda muhim diagnostik ahamiyatga ega. Tashqi ko‘rinishiga qarab, u shilliq, shilliq-yiringli va hidsiz yiringli bo‘ladi. Mikroskop ostida tekshirilganda, balg‘amda sil mikobakteriyalari va o‘pkadagi destruktiv o‘zgarishlarini ko‘r- satuvchi elastik tolalari topiladi.
Rentgenologik tekshirilganda o‘pka to‘qimasi qattiqlashganda soyalar yoki parchalanganda yorug‘ qismlar ko‘rinadi. O‘tkir o‘pka milliar silida rentgenologrammada mayda, o‘pkaning har ikki sathida ham bir xil ifodalangan dog‘lar ko‘rinadi.
O‘pka silining kavernali turi rentgenogrammada har xil intensivlikdagi va kattalikdagi tarqoq dog‘larni beradi, bu dog‘lar yakka-yakka yoki ko‘p sonli yorug‘ joylar — kavernalar bilan qo‘shilib ketadi. Kavernani yorug‘ dog‘ atrofida halqasimon qora kontur borligiga qarab bilish mumkin, bu halqa kontur kapsula proyeksiyasidir. Ancha qalin pardaga ega bo‘lgan eski kavernalar yorug‘ dog‘ atrofida yaxshi ko‘zga tashlanadigan halqa hosil qiladi.
Organizmga sil yuqqanini aniqlashda tuberkulin sinamasidan foydalaniladi. Ko‘pincha teri va ter ichi sinamalari qo‘llaniladi.
Teri sinamasi (Pirke sinamasi) quyidagilardan iborat: bilak terisiga bir tomchi tuberkulin tomiziladi, so‘ng tomchi ichidan teriga maxsus borchik yoki igna bilan bir necha chiziq chiziladi. Nazorat uchun o‘sha joy yoniga shu yo‘l bilan bir necha fiziologik eritma tomiziladi. Musbat reaksiya berganda, tuberkulin tomizilgan joyda 24—48 soatdan so‘ng atrofi reaktiv yallig‘lanish zonasi bilan o‘ralgan papula paydo bo‘ladi.
Teri ichiga qilinadigan Mantu sinamasi bunga qaraganda sezgirroqdir. Bunda suyultirilgan 0,1 ml tuberkulin (1:100, 1:1000 yoki 1:5000) teri ichiga yuboriladi. Tuberkulin yuborilgan yerda 24-48 soatdan keyin musbat reaksiya yuz berganda, reaktiv yallig‘lanish bilan o‘ralgan papula paydo bo‘ladi.
Bemor ahvolini keskin og‘irlashtiruvchi hiqildoq va ichak sili o‘pka silining asorati hisoblanadi. Spontan pnevmotoraks ham o‘pka sili asoratiga kiradi. U kaverna devorining yorilishi va uning plevra bo‘shlig‘iga ochilishi oqibatida vujudga keladi. Kaverna devori yorilishi paytida bemorlar og‘riq va kuchli nafas qisishini sezadilar, sianoz paydo bo‘ladi. Bu hollar o‘pkaning nafas olish holatidan tez chiqishiga va ko‘ks oralig‘i organlarning bir tomonga surilishiga bog‘liqdir. Ekssudativ o‘zgarishlar bilan kechadigan turlarida taxmin yaxshi emas. O‘pkaning o‘tkir milliar sili ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi.
Davolash. Sil profilaktikasida rentgenologik tekshirishning alohida bir turi — fuorogafiya katta ahamiyat kasb etadi. Fluorografiya yordamida silning dastlabki bosqichlarini aniqlab olish mumkin.12 yoshdan boshlab barcha har yili fluorografiya tekshiruvidan o‘tib turishi kerak.
Silga qarshi dispanserlarda sil mikobakteriyasini tashqariga chiqarib turadigan bemorlarga yaqin yurgan kishilar ustidan kuzatuv olib borilib, sog‘lom aholi yalpi tekshiruvdan o‘tkazilib turiladi. Bemorlarni shaxsiy gigiyena qoidalariga, jumladan, alohida sochiq, idish-tovoq, tufdondan qanday foydalanishga o‘rgatish mumkin.
Sil bilan og‘rigan bemor yo‘talganda, aksirganda, og‘zini va burnini dastro‘mol bilan yopishi zarur. Bemor idishlarini alohida saqlash va ishlatilgandan keyin har safar 10 daqiqa davomida qaynatib qo‘yish kerak. Ich kiyim va choyshablarni qaynatib turilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bemor yotgan xonalar ho‘llangan yoki 5% li xloraminga namlangan latta bilan yaxshilab artiladi. Kasal bemorni xonasi ajratilib qo‘yiladi, muntazam ravishda xonaga toza havo kiritilib turiladi. Jamoat profilaktikasi, ya’ni mehnatkash- larning moddiy ahvolini va madaniy darajasini muntazam yaxshi- lash, turmush va ish sharoitini sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish lozim.
Silga qarshi maxsus tadbirlar silga qarshi dispanserlarda amalga oshiriladi. Sil bilan kasallangan kishilarni aniqlash, bunday bemorlarni ro‘yxatga olish va davolash: infeksiya o‘chog‘ini aniqlash va sil bilan og‘riyotganlar oilalarini muntazam kuzatib borish; aholi o‘rtasida madaniy-oqartuv ishlarini olib borish, dispanser hisobida turgan bemorlarning mehnat sharoitlarini, turmushidagi zaruratlarini o‘rganish va shu jihatdan noqulay hollarning oldini olish, bemorlarga sanatoriy va kurortlarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish, sifatli ovqatlar pishiriladigan maxsus osh- xonalarni tashkil qilish va h.k. ularning vazifalariga kiradi.
Sil bilan og‘riyotgan bemorlarga mehnat rejimi o‘rnatilishi kerak. Nogiron bemorlar ancha yengil ishlar va davlat tomonidan yordam bilan ta’minlanadilar. Bu yordam kasallik oqibatida bemor mehnat qobiliyatini butunlay yo‘qotsa, ijtimoiy ta’minot tomonidan unga ilgarigi ish haqi yuzasidan 100 % nafaqa to‘lashdan iborat.
Xastalarning ovqati yuqori kaloriyali va yengil hazm bo‘ladigan bo‘lishi kerak. Bemor ratsioniga yuqori sifatli oqsillar, ayniqsa, hayvon oqsillari ko‘p kiritiladi. Yog‘lar, asosan, o‘zida A va D vitaminlarini tutuvchi hamda oson hazm bo‘luvchi sariyog‘ shaklida beriladi. Shuningdek, ratsionga kuniga 25 g o‘simlik moyi ham kiritish tavsiya etiladi, chunki uning tarkibida yetarli miqdorda to‘yinmagan yog‘ kislotalari bor. Vitamin va kalsiy tuzlariga boy ovqatlar buyuriladi. Yaxshi hazm bo‘luvchi ovqat manbayi sut va sut mahsu- lotlaridir. O‘pka sili bilan og‘riyotgan bemorlarning ovqatlari ratsioni jarayonning o‘zgarish darajasi va boshqa organlardagi o‘zgarishlarga qarab tuziladi.
Sil kasallarni davolashda klimatoterapiya katta ahamiyatga ega. Iqlimni o‘zgartirishdan, har bir joyning o‘ziga xos meteorologik sharoitlaridan foydalangan holda tabiiy omillar bilan davolanish tavsiya etilgan; jumladan, ochiq havoda ko‘p vaqt bo‘lish, havo va quyosh vannalari, cho‘milish yaxshi samara beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x