ONTARIO — Kanadadagi provinsiya. Mayd. 1076,3 ming km2. Aholisi 12,1 mln. kishi (2002), 82% shaxarlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi va eng katta shahri — Toronto. O. hududida mamlakat poytaxti — Ottava sh. joylashgan. Ontario hudu-dining katta qismi Lavrentiy kirlarida (eng baland joyi 646 m). Iqlimi moʻtadil iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —6°, —24°; iyulniki 12—20°. Yillik yogʻin 500—750 mm. Foydali kazilmalarga boy daryolari katta gidroenergiya zaxirasiga ega. Provinsiya jan. da Buyuk koʻllar joylashgan. Mamlakat oʻrmon boyligining 1/4 qismi Ontario da. Ontario — Kanadaning iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy etgan provinsiyasi, Ontario mamlakatdagi ishlab beruvchi sanoat mahsulotining 1/2 qismini va kon mahsulotlarining 1/4 qismini beradi. Q. x. shahar aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Ontario hududi orqali trans-Kanada yoʻllari oʻtgan. Sanlavrentiy daryosi orqali Buyuk koʻllarga kema qatnaydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые