ONKOLOGIYA MARKAZI

ONKOLOGIYA MARKAZI, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi onkologiya markazi — i. t. muassasasi. 1958-y. Toshkent sh. da Rentgenologiya, radiologiya va onkologiya i. t. instituti nomi bilan tashkil etilgan. 1966-y. dan Onkologiya i. t. instituti deb atalgan. 2001-y. dan hoz. nomda. Zamonaviy tipda qurilgan va 9 ta ixtisoslashgan boʻlimi, oʻsmalarni aniqlash va davolash apparatlari bilan jihozlangan xonalari, tajribalar utkazish uchun maxsus vivariysi boʻlgan markazda onkologiya sohasida keng qamrovli fundamental va amaliy ilmiy izlanishlar olib boriladi va mazkur soha mutaxassisligi boʻyicha ilmiy kadrlar tayyorlanadi. Onkologiya markazida meʼda-ichak va suyak oʻsmalarini aniqlashda rentgenotomogrammani qoʻllash, oʻpka, oʻt pufagi va taloqni skanerlash usuli b-n tekshirish, ultratovushda deyarli barcha aʼzolardagi oʻsmalarni aniqlash; eksperimental hayvonlar bosh miyasida sunʼiy oʻsmalar hosil qilish, xavfli oʻsmalar paydo boʻlishi, rivojlanishi va tarqalishida genlar rolini aniqlash, onkologik bemorlarni fizik omillar: yuqori harorat, oʻta sovuq va lazer bilan davolash usullari ishlab chiqildi. Shuningdek, oʻlkaga xos xavfli oʻsmalar, ularning dastlabki diagnostikasi, oldini olish, kompleks davolash va b. masalalar yuzasidan i. t. lar oʻtkaziladi. Dispanser ishlarini yaxshilash, fan yutuklarini tibbiyot amaliyotiga joriy etish b-n shugʻullaniladi. Joylarda sogʻliqni saqlash organlariga onkologiya boʻyicha ilmiy-amaliy, tashkiliy, konsultativ yordam koʻrsatiladi. Markazda 14 lab., 7 ilmiy guruh, ilmiy tibbiyot axboroti, patent guruxlari, 315 oʻrinli klinik kasalxona, aspirantura, klinik ordinatura, konsultativ poliklinika, dorixona, vivariy, kutubxona, shuningdek, maxsus preparatlar ishlab chiqaradigan «Nihol» z-di va b. bor (2003). 1972-y. O. m. ning Qoraqalpogʻiston filiali (Nukus sh. da) ochilgan.

Markazda 180 dan ortiq ilmiy xodim, jumladan, Oʻzbekiston FA 1 akad, 4 ta prof., 9 ta fan dri, 98 dan ziyod fan nomzodi va koʻpgina malakali onkolog shifokorlar xizmat qiladi (2003). Markazda onkologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar va erishilgan yutuklar J. M. Abdurasulov, A. I. Nikolayev, N. Q. Murodxujayev, A. A. Fozilov, S. N. Navruzov, B. A. Щyek, S. B. Karimova, R. R. Romanova, V. A. Alijonova, M. A. GʻofurOxunov, M. D. Joʻrayev, A. V. Xoʻjayev va b. faoliyati bilan be-vosita bogʻliq. Markaz OʻzRda onkologiya muammolari boʻyicha ilmiy va metodik muassasa hisoblanadi. Ilmiy ishlar nashr etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x