Onanizm (masturbatsiya, autoerotizm)

Onanizm (masturbatsiya, autoerotizm)
Onanizm kishining jinsiy mayl va xohishini qo’li yoki qo’lidagi biron predmet bilan qondirishidir. Kelib chiqishi haqida Injildagi personaj Onana o’zidan avlod qoldirmaslik uchun urug’ini erga to’kib yuborishidan degan fikrlar mavjud. Onanizm diniy qarash nuqtai nazaridan gunoh bo’ladi ba’zilar esa qilmagan ma’qul degan tushunchalar bor. Biz bu erda organizmga ta’sirini ilmiy taraflaridan baholaymiz.k
Insonda qarama qarshi jinsga qiziqish 6 – 7yoshdan boshlanadi. Va albatta bu ba’zi hatti-xarakatlar paydo bo’lishni boshlaydi bu yoshda ota-onalarga tushadigan vazifa ular hayolini jinsiga mos narsalar bilan band qilishdadir (masalan katta bo’lsang kim bo’lasan uning uchun nimalarga e’tibor berish kerakligini yosh bolalarga xos tarzda tushintirish kerak). Lekin onanizm beixtiyoriy ravishda odatda 13-14yoshdan boshlanadi.
Hattoki Gippokrat ham onanizmni qattiq qoralagan uning shu so’zlariga e’tibor qarataylik: «Bu kasallik insonni orqa miyasi(umurtqa kanalida joylashgan)dan rivojlanadi. Kasallik o’z his tuyg’ularini boshqaraolmaydiganlarni ko’proq zararlaydi. Ularda isitma bo’lmaydi, ishtahalari ham zo’r bo’ladi lekin ozib, zo’riqib ketishadi. Xuddi butun tanasida chumoli o’rmalayotgandek tuyuladi. Siydikda ham juda ko’p va suyuq urug’ chiqib ketishi kuzatiladi. Bunday erkaklar ayollar bilan yaqinlik qilish uchun yaroqsiz hisoblanishadi va ko’pincha uyalib ham qolishadi. Bir tekis yo’lda yurmaslik ularni holdan toyishiga olib keladi, boshda shovqin, quloqlarda shovqin va nihoyat yuqori ularni bitiradigan isitma boshlanadi».
Onanizmning 4 ta turi bor:
1. Odatdagi autoonanizm
2. Guruhlashgan onanizm (Bir necha kishi bir birinikini qo’zg’atish)
3. Aqliy onanizm (eng xavflisi faqat hayolida jonlantirib qo’li yoki predmetsiz bo’shalish)
4. Instrumental onanizm (biron instrument, buyum yordamida bo’shalish)
Onanizm qay usulda bo’lishidan qa’tiy nazar tabiiylikka mos emas shuning uchun juda ko’plab mualliflar tomonida quyidagi asoratlari yozilgan:
Birgina Puiye onanizmni keltirib chiqarishi va/yoki asorati bo’lishi mumkin bo’lgan 100dan oshiq kasalliklarni belgilarini sanab o’tgan. Xavelok Ellis esa juda diqqat bilan ko’rinishlarni sanab o’tgan: aqldan ozish, epilepsiya, ko’plab ko’z kasalliklari, ko’z usti va ensa sohasida og’riqlar, chakka sohasida uziga xos og’riqlari (Zavaj), turli ko’rinishdagi nevralgiyalar (Ansti, Xapman), yosh qizlarda ko’krak uchlarini sezuvchanligini oshib ketishi (Lakassan), astma (Peyer), yurakda shovqinlar (Zirli), yaralar, pufakchalar paydo bo’lishi (Baraduk), teri toshmalari (Klipson), ko’z qorachig’ini kengayib ketishi (Sken, Levi, Moraglia), g’ilaylik (Puiye), ko’z atrofini qorayishi, og’riqli menstruatsiya (Dj. Xapman), bachadon va qin katari (Vinkel, Puiye), jinsiy a’zolar gipertrofiyasi, jinsiy a’zodagi yiringli toshmalar, dermatitlar, teri rangini o’chishi, oqarishi (Levi, Moraglia), burun qizarishi (Gruner), sababsiz burundan qon ketishi (Joal, G.N. MakKenzi), burun shaklini patologik o’zgarishi (Flis), xurujli yo’tal (Gover), qizlarda beixtiyoriy siydik chiqib ketishi (Jirando), qizlarni qo’llariga so’gallar chiqib ketishi (Dyurr, Krixmar, fon Oye), gallyutsinatsiyalar (Grizinger, Levi), siydikdan indikan ajralishi (Xerter), qizlarda ta’riflab bo’lmaydigan darajada yoqimsiz terini hid ajratishi (Sken).
Yuqorida sanab o’tilganlarni har doim ham faqatgina onatizm sababli deb o’ylash kerak emas. Balki turtki bo’lishi mumkin. Balki umuman aloqasi yo’q ham bo’lishi mumkin. Bundan tashqari oxirgi paytlar juda ko’p yoshlar orasida uchrayotgan shaxs o’zgarishlari (autizm)ni ham unutmaslik kerak.
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x