Onam orzusi

Yoʻlga tushib oʻzi koʻrgani kelgan,

Sezib-sezib holim soʻrgani kelgan.

Qoʻlida tugunin, yelkada yukin

Koʻtarib, borini bergani kelgan.

Ovvora onam-a, sarson-a, onam.

 

Qalbining beshdan bir parchasi oʻzim,

Xavotir uyining darchasi oʻzim.

Diydorni yetaklab kelgan chogʻida

Taskin yoshlarining barchasi oʻzim.

Sadpora onam-a, tiyron-a onam.

 

Vaqt yetmaslarga-ku saylandim, ona,

Ming bir bahonaga shaylandim, ona.

Bu yerni qishloqqa oʻxshash deb oʻylab,

Tosh shaharda toshga aylandim, ona.

Dilpora onam-a, hayron-a, onam.

 

Men nima ham qildim sizga arzirlik,

Bir soʻz topoldimmi tilga olgulik.

Bilmadim, yozganim faqat sheʼr boʻldi,

“Bir qiz” boʻloldimmi sizga orzulik,

Gulyora onam-a, biyron-a, onam.

 

Nargiza ASAD

https://saviya.uz/ijod/nazm/onam-orzusi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x