Ona koʻngli

Onam urchugʻiday aylandi falak

Chigal kalavaday men ketdim shoshib.

Gul uzsam bir qizga, qurgʻur kapalak,

Eslatib yuborar sizni adashib.

 

Sizga ne ilindim koʻz yoshdan boʻlak,

Bolam deb tunlari mijja qoqmaysiz.

Borliqdan mustahkam yo sizda yurak,

Qancha ranjitsamda, Siz – ranjimaysiz.

 

Qaytganlar bor, borsa kelmas joylardan,

Yetolmayman yoʻl tushmasa rostida.

Osmonga koʻz solsam tunlar oynadan,

Yulduzlar imlaydi qishloq ustida.

 

Yostiq guli yoshingizdan tortib nam,

Ulgʻayishin ancha avval bilgandim.

Tagʻin ostonada turibsiz qaydam,

Axir kelishimni aytmay kelgandim.

 

Farishtani koʻrganmisiz yoʻq demang,

Oʻxshasa u onangizga oʻxshaydi.

Hatto yillab shahar kezib daydigan,

Tosh koʻngillik oʻgʻil uchun yashaydi.

 

Abdulla ChIMIRZAYEV

https://saviya.uz/ijod/nazm/ona-kongli-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x