OMONQOʻTON GʻORI

OMONQOʻTON GʻORI — mustye davriga oid gʻor. Samarqand viloyati, Ur-gut tumanidagi Omonqoʻton qishlogʻidan 2 km sharq tomondagi Bulbulzorsoyning baland sohilida joylashgan. Arxeolog D. N. Lev tekshirgan (1947 — 57). 2 ta madaniy qatlam aniqlangan. Omonqoʻton gʻorida yashagan odamlarning mehnat qurollari diorit, kvars va chaqmoqtoshdan yasalgan qirgʻichlar, tigʻi qirrali qoʻpol pichoqlar, nayzasimon tosh qurollar va nukleuslardan iborat (jami 140 ta tosh qurol topilgan). Gʻordan koʻpdab hayvon (arxar, qoʻngʻir ayiq va b.) suyaklari chiqqan; suyaklar uzunasiga yorilgan, ularda olovda kuyganlik izlari bor. O. gʻ. Oʻzbekistondagi eng qad. manzilgoxlardan boʻlib, fan uchun ahamiyati katta.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x