Omon Muxtor (1941-2013)

1941 yil Buxoro shahrida tugʻilgan. Bolaligi shahar va qishloq orasida oʻtgan.

1964 yilda Toshkent Davlat dorilfununi (hozirgi Milliy universitet) jurnalistika boʻlimini tugatgan. Res­publika radiosida, «Oʻzbekfilm» kinostudiyasi va kino qoʻmitasida, Adabiyot nashriyotida xizmat qilgan. Adib faoliyatining asosiy qismi «Shark yulduzi» jurnali bilan bogʻliq. Bu yerda u boʻlim mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir lavozimlarida ishladi.

Oʻttizdan ortiq kitob muallifi. Shoir, nosir, dramaturg, maqolanavis. «Yillar shamoli», «Egilgan bosh», «Aflotun», «Ayollar mamlakati va saltanati», «Ffu», «Maydon», «Xotin podshoh», «Odamlar kulishlari kerak» singari romanlari oʻquvchilarga maʼlum. «Toʻrt tomon qibla» trilogiyasidan adibning «Ming bir qiyofa», «Koʻzgu oldidagi odam», «Tepalikdagi xaroba» romanlari oʻrin olgan. «Ayollar mamlakati va saltanati» romani boʻyicha badiiy film yaratilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1991 y.) unvoni, Doʻstlik (1998 y.) ordeni bilan mukofotlangan. 2009 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan «Navoiy va rassom Abulxayr» roman-dilogiyasi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. Omon Muxtor asarlari rus, ukrain, belorus, arman, ozarboyjon, koreys, turk, arab va boshqa tillarga tarjima qilingan.

2013 yili Toshkent shahrida vafot etgan.

https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/omon-muxtor-1941-2013/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x