OLTINTOGʻ — Markaziy Qizilqumdagi qoldiq togʻlar. Boʻkantovning jan. da joylashgan. Jan.gʻarbda Aytimtov bilan tutashgan. Jan.gʻarbdan shim.-sharqqa 10 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi 322 m. Paleozoyning granit, gra-nodiorit, slanes, alevrolit, kvarsit, marmarlashgan ohaktosh, qumtosh, etaklari esa boʻr va paleogen va toʻrtlamchi davrning qumoq va qum jinslaridan tuzilgan. Shim.-gʻarbiy yon bagʻri tik-rok, va chuqur soylar bilan oʻyilgan. Shim.-gʻarbida Avliyosoy, jan.sharqida Mesh-tepasoy va Marasoy kabi quruq oʻzanlar bor. Nurash jarayonlari kuchli.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые