OLTINKOʻL TUMANI

OLTINKOʻL TUMANIAndijon viloyatidagi tuman. 1939-y. da tashkil etilgan. 1963-y. da Andijon tumaniga qoʻshilgan. 1978-y. kaytadan tashkil qilindi. Andijon, Asaka, Shahrixon va Baliqchi tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,21 ming km2. Aholisi 133,5 ming kishi (2003). Oltinkoʻl tumanida 8 qishloq fuqarolar yigʻini (Jalabek, Koʻmakay, Maslahat, Oltinkoʻl, Oraziy, Oxunboboyev, Suvyulduz, Qoʻshtepasaroy) bor. Markazi — Oltinkoʻl qishlogi.

Tabiati. Oltinkoʻl tumani relyefi pasttekislik, qir va adirlardan iborat. Iklimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha t-rasi 25—28°, yanv. niki — 5—7° atrofida. Ayrim hollarda yoz oylarida t-ra 42— 43°, yanv. da esa —15, —18° sovuq boʻlishi ku-zatiladi. Vegetatsiya davri 160—180 kun. Yiliga oʻrtacha 225 mm yogʻin tushadi. Oltinkoʻl tumani janubida Katta Fargʻona kanali, shim. tomonidan Qoradaryo, bulardan tashqari, tuman hududidan tumanlararo Kollektor—Asaka tashlamasi, Ulugnor kanali oqib oʻtadi. Tuman adir kismining tuprogʻi arziq, qolgan yerlarda boʻz tuproq. Bahorda adirlar efemer oʻsimliklar bilan qoplanadi. Ekin ekilmaydigan yerlarda shuvoq-shoʻra oʻsadi. Yovvoyi hayvonlar kam uchraydi, sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar bor.

Aholisi ning aksari qismi oʻzbeklar; rus, tojik, uygʻur, tatar va b. millat vakillari xam bor. 1km2 ga 636 kishi toʻgʻri keladi. Aholining barchasi qishloqda yashaydi (2003).

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi q. x. ga ixtisoslashgan. Paxtachilik, pillachilik, chorvachilik bilan shugʻullaniladi. Sanoati asosan, yengil sanoat korxo-nalaridir. Paxta tolasi, chigit xom ashyosi, trikotaj matosi va maxsulotlari, mebel, ohak, gʻisht ishlab chiqariladi. «Oltin-Deri», «Etalon-Plyus», «KezarTur» qoʻshma korxo-nalari, 992 kichik va shirkat korxonalar, 8 yoqilgʻi kuy-ish shoxobchalari, 70 dan ortiq savdo shoxobchalari bor. Oltinkoʻl tumanida 15 shirkat xoʻjaligi, 79 fermer xoʻjaligi, xususiy ferma, 24140 dehqon xoʻjaligi mavjud. Umumiy ekin mayd. 13961 ga, chorvachilikning asosiy tarmoqlari shirkat xoʻjaliklarida joylashgan. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 21,2 ming qoramol (shu jumladan, 8,5 ming sigir), 23,3 ming qoʻy va echki, yuzga yaqin ot bor (2003). 36 umumiy taʼlim, 15 tayanch maktablarida 35,4 ming oʻquvchi, 3 ixtisoslashgan internat-maktabda 875 oʻquvchi taʼlim oladi, shuningdek, 2 musiqa va sanʼat maktabi faoliyat koʻrsatadi. t Iqtisodiyot, sanoat, maishiy xizmat kasb-xunar kollejlarida 1807 oʻquvchi taʼlim olmokda. Markaziy kutubxona, uning 22 ta tar-mogʻi (19 qishloq kutubxonasi, 3 bolalar kutubxonasi, kitob fondi 363 ming asar), 7 madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi ishlab turibdi. 2 kasalxona (440 oʻrin), 4 poliklinika, 28 feldsher-akusherlik, 18 qishloq vrachlik punktlari, 9 dorixona va b. tibbiy muassasalarida 173 vrach, 976 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi.

1979-y. 1 yanv. dan «Oltinkoʻl» tuman gaz. nashr qilinadi (adadi 2442).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x