OLTIN PARITETI — 1) mamlakat pul birligida davlat tomonidan belgilangan va qonunda qayd etilgan sof oltin miqdori (ogʻirligi);
2) turli mamlakatlar pul birliklarining rasmiy oltin taʼminoti mikdoriga koʻra nisbati. Mas, 1 AQSH dollarining oltin taʼminoti 0,818513 g sof oltinga tengboʻlgan. 1961-y. SSSR da 1 soʻmning oltin taʼminoti 0,987412 g sof oltin deb belgilangan. Natijada 90 tiyin 1 dollarga teng deb qabul qilingan. 1989-y. 62,5 tiyin 1 dollarga teng boʻlgan.
20-a. ning 70-y. laridan boshlab Yamayka kelishuviga asosan qogʻoz pullarning Oltin pariteti bekor qilindi (q. Yamayka valyuta tizimi).