Bizga oltin ne kerak,
Oltin muhabbat birlamiz.
Pokiza ishq deb atalgan
Katta davlat birlamiz…
(Uch pardali komediya)
Tanishtiruv
Sahnaga chiroyli kiyingan kelishgan bir yigit chiqadi. U Qilichbek.
Qilichbek – Assalomu alaykum. Bugungi davrani olib borish menga topshirilgan. Kechamiz hali uzok. Davrada hammaga navbat tegadi. Xonandalarimiz sozni sozlaguncha men sizlarga bir hikoya aytib bermoqchiman.
(Muzika)
Bu voqea yaqin kunlarda Taqa mahallasida boʻlgan. Usha odamlar hozir ham bor. Mana ular: Moʻmin! (Qorovul hush-tagi ovozi keladi va miltiq osgan, fonus koʻtargan Moʻmin kiradi.) Yoshi oltmishlarda boʻlsa kerak. Eski shahardagi doʻkonga qorovul.
Moʻmin – Kim u bemahalda yurgan? (Qilichbekka) E-ha, sizmidingiz! Assalomu alaykum. Qani, yuring, choy qilib beraman, qovun soʻyaman… (Hushtagini chalib chiqib ketadi.)
Qilichbek – Abdusalom. Uning qirq yillik kadrdoni. Oʻzi yamoqchi. Moʻminning aytishicha, undan besh yosh kichik, oʻzining aytishicha, yetti yosh katta.
Abdusalom – (Qilichbekka) Akasi jonidan, mening gapimga ishonavering. U bekor aytibdi.
Qilichbek – Boshim kal, koʻnglim nozik, degan gap, asli, shu kishi toʻgʻrisida aytilgan. (Abdusalom chiqadi. Xurinisa kiradi.) Xurinisa. Moʻminning xotini. Uni bekitiqcha kinnachilik qiladi, deganlar bekor aytibdi. Bu bir-ikkita koʻrolmaganlar tarkatgan gap.
Xurinisa – A? Nima? Ha, mayli, mayli. (Chiqadi. Diloromning “Nodir” deb chaqirgan ovozi keladi, soʻng oʻzi kiradi.)
Qilichbek – Dilorom. Abdusalomning qizi. Oʻtmish-da bir shoir aytganday: chiqdi gulgun kiyibon, boʻldi kiyomat, hay-hay! Ana husnu ana qaddu ana komat, hay-hay!
Dilorom – Nodir, bu yoqqa! (Chiqadi. Nodir kiradi.)
Qilichbek – Nodir. Moʻminning oʻgʻli. Usha qaddu qomat ishqida shoirlik dardiga giriftor boʻlgan bir bechora.
Nodir – “U bir Dilorom!” (Chiqadi. Zuhra kira-di.)
Qilichbek – Zuhra. Moʻminning kizi. Bu shayton kizda juda gap koʻp. (Zuhra qah-qah urib, chiqadi. Mat-lab kiradi.) Matlab. Bu yigitning Zuhrada ilinji bor. U hozir Arabistondagi bir qurilishda injener. U arab tilida boloxonador qilib soʻksa, bizning baʼzi chala mullalar, oyat oʻqiyapti deb koʻzlariga yosh olishadi.
Matlab – Sogʻindim, yorugʻ yulduzim. Qani bilsang eding, olis yurtlarda Senga intilganim, zor boʻlganlarim…
(Chiqadi. Saidmalik kiradi.)
Qilichbek – Saidmalik. Bir vaqtlar Darvozada zargarlik doʻkoni bor edi. Hozir xoʻjalik ishlari boʻyicha muovin boʻlib ishlaydi. Lekin kamtarlik yuzasidan piyoda yuradi. (Saidmalik chiqadi. Shafoat kiradi.) Shafoat. Mabodo bozorda yurganingizda chap yuzida yoʻlpashshadek xoli bor juvon yoningizda kelib: “Assalomu alaykum, mulla aka, sizga nima kerak?” deb soʻraganmi? U Saidmalik zar-garning ikkinchi xotini boʻladi.
Shafoat – Uchta uzugimni zoʻrgʻa pulladim. Bugun bo-zor kasod. Hoy, xoʻjayin, toʻxtang, qayoqka? (Chiqadi. Dok-tor kiradi.)
Qilichbek – Doktor. Bu odamni aslida doktor desa ham boʻladi, demasa ham…
Doktor – Qayeringiz ogʻriyapti, uka?
Qilichbek – Men kasal emasman.
Doktor – Kechirasiz, uka, vazifamiz. (Chiqadi.)
Qilichbek – Doktor degandan demagan maʼqul, chunki doktor sira bunaqa boʻlmaydi.
(Oqsoqol kiradi.)
Oqsokol. Sobik maktab direktori. Hozir pensioner. Mahalla oksokoli. (Oqsoqolga) Assalomu alaykum (Xalqqa) Bugungi davrani as; ida shu kishi olib borishlari kerak edi. Lekin oqsoqolimiz qozonni birovga ishonmaydilar.
Oksoqol – Hay-hay. Odam degan shunaqa joyda ham hazillashadimi. E, qoʻying-e! (Chiqadi.)
Qilichbek – Qilichbek. Bu kaminai kamtarinlari. Haligi Saidmalik zargarga shogirdman. Aslida… Ha, mayli, men oʻzimni oxirida tanishtiraman.
Voqea mana bunday boʻldi…
Parda
BIRINCHI PARDA
Birinchi manzara
Bahaybat bir daraxt. Uning chap tarafida 101-raqamli eshik, oʻng tarafida 103-raqamli turli-tuman yashik taxtalaridan ishlangan eshik. 101-uyda yamoqchi Abdusalom, 103-uyda esa qorovul Moʻmin istiqomat qiladi. Moʻmin figʻoni falakka chiqib Abdusalom oshnasinikidan chiqib keladi.
Moʻmin – Sichqon sigʻmas iniga, gʻalvir bogʻlar dumiga. E, koʻrpangga qarab oyoq uzat-da, xumpar. Oʻzing bitta soʻzaniga suyangan yamoqchisan-u, dagʻdagʻang olamni buzadi. Yana nima deydi, deng: 4 qop un, 2 qop guruch, 2 koʻy, bitta novvos, besh bosh-oyoq sarpo, yana kancha pul… Oʻ-hoʻ, Tanti-boyvachcha boʻlib ket-e! Qirq yillik qiyomatli qoʻshnim boʻlib hali ham seni bilmagan ekanman.
Abdusalom kiradi.
Abdusalom – Oʻ, men toʻy qilmoqchiman, toʻychiq emas. El-yurtning oshini yegan odamman. Oʻzim kambagʻal boʻlsam ham, himmatim baland, akasi.
Moʻmin – Ha, endi, doʻstim, hol-ahvolim oʻzingga maʼlum. Nima qilasan meni qiynab? Men axir Saidmalik zargar emasmanki, bunaqa narsalarga kuchim yetsa. Behuda zoʻrlik umurtqani sindiradi degan gap bor.
Abdusalom – Ha, umurtqangni ehtiyot qil, kerak boʻladi. Bu dunyoda orttirgan narsalaringni narigi dunyoga orkalab ketasan.
Moʻmin – Qorovulda davlat nima qiladi, doʻstim.
Abdusalom – Hoʻ, qorovul boʻlsangiz nima, kattakon bir doʻkonning korovulisiz. Chayqov bozori ham shundoq yonboshingizda. Nima qilasan oʻzingni goʻllikka solib?
Moʻmin – Nima, meni yulgʻich, tekinxoʻr demoqchimisan?
Lodusalom – Boʻldi, gap tamom.
Moʻmin – Kel endi, ogʻayni, koʻlni och, fotiha qilaylik.
Abdusalom – Yoʻq. yoʻq. Mening qizim Moskov degan shaharga borib doktor boʻlib kaytgan. Ha, har oyda yuz soʻlkavoyni qoʻyningizga jaraqlatib soladi.
Moʻmin – Ha, bizni oʻgʻlimiz-chi, Nodirjon, muxbir boʻlib sheʼr yozadi. Dasta-dasta kitoblari chiqadi.
Abdusalom – Menga xoʻroz boʻlsin, tuxum qilsin. Oladiganidan gapir.
Moʻmin – Oladigani, har qalay, yamoqchinikidan kam boʻlmasa kerak.
Abdusalom – Kuyovtoʻraning topganlari yamoqchinikidan kam boʻlmaydigan boʻlsa, muxbir degani ham yamoqchidek bir gap ekan-da.
Moʻmin – (yalinib) Keling endi, fotiha qilaylik, qoʻsha qarishsin.
Abdusalom – Haligi shartlarga koʻnsangiz koʻndingiz, boʻlmasa, siz qiz soʻraganingiz yoʻq, men sizga xoʻp deganim yoʻq. Yopugʻlik qozon yopugʻlik. Gap tamom, vassalom.
Moʻmin – Shundaymi?
Abdusalom – Shunday.
Moʻmin – Boʻlmaydimi?
Abdusalom – Boʻlmaydi.
Moʻmin – He, men yamoqchining qiziga zor emasman. Mening oʻgʻlimga kimlar qizini bermaydi?
Abdusalom – He, qorovul! Mening qizimga magazin mudirlaridan sovchilar kelyapti, ha!
(Keta boshlaydi.)
Moʻmin – Baribir, koʻnasan, koʻnmay qayoqqa borarding.
Abdusalom – He, bor, toshingni ter.
(Uyiga kirib ketadi.)
Ikki qadrdon oʻrtasidagi mojaroni devor orqasidan eshitib turgan Xurinisa kaftgir koʻtarib erining oldiga chiqadi.
Xurinisa – Nima dedi?
Moʻmin – Uf, yoʻq deyapti.
Xurinisa – Hoy, dadasi, qizishmang. Mol egasi ogʻziga siqqanini soʻraydi, savdoni har idor pishitadi. Yetigʻi bilan gapirsangiz Abdusalom aka ham tushunadi. U ham odam
Moʻmin – Odam emas.
Xurinisa – Nima?
Moʻmin – Odam emas, deyapman, garang! Odam boʻlganda shu ishni qilarmidi?
Xurinisa – Qani, oʻtiring-chi. Uxshatmay uchratmas deb shuni aytadilar. Ikkalasi ham bir-biridan tajang, bir-biridan qaysar. Kim aytadi sizlarni qirq yillik kadrdonlar deb. Bundoq tanangizga oʻylang, dadasi. Oʻgʻlingiz, Diloromdan boshqasiga qaramayman, desa. Dilorom ham Nodirni koʻrganda koʻzini suzib tursa, sizlarning janjallaringiz kayokka borardi? Xudo koʻrsatmasin, ikkalasi topishib biror yurtga ketib qolishsa, unda nima boʻladi? Yolgʻizgina oʻgʻlim-a! (Yiyelaydi.)
Moʻmin – E, bas qil. Hech qayoqqa ketib qolmaydi.
Xurinisa – A?
Moʻmin – Hech qayoqqa ketmaydi, deyapman.
Xurinisa – Shunaka qilaversangizlar, ketib ham kolishadi. Bilib koʻying, bir kori hol boʻlsa, ikki koʻlim umrbod yoqangizda.
Moʻmin – He, bor, bor-yey, ishingni qil, erkaklarning ishiga aralashma!
Xurinisa – E, jindakkina joni boru turishini qarang! Dast koʻtarib daraxtning ustiga oʻtqazib qoʻyaman, dodingizni xudoga aytasiz!
Moʻmin – Bunisi dagʻdagʻa qilib tursa, unisi tushun-masa, oʻrtada men nima qilishim kerak? Uf-f! Nima qildim-a! Boshim qotdi-ku. Bir hisobda bu garangning ham gapida jon bor. Ikki yosh bir-biri bilan topishib ketsa, biz karilar kim degan odam boʻlamiz-a? Yoʻk, yana gapla-shib koʻrmasam boʻlmaydi. (Devor yoniga keladi.) Abdusalom! Hoʻ, mulla Abdusalom.
Abdusalom – (ichkaridan) Abdusalom yoʻq.
Moʻmin – E, doʻstim, bu yokqa chiking endi. Gap bor.
Abdusalo m – Ishim koʻp, vaqtim yoʻq.
Moʻmin – Chiqaqoling endi. Kallaga bir fikr kelib qoldi.
Abdusalom – Bedananing tuxumiday kallangizga nima fikr kelib koldi?
Moʻmin – Bir fikr keldi-da! Bu yoqqa chiqing. Mayli, men koʻndim.
Abdusalom – Ha, bu boshqa gap. Koʻnmay kayokka borarding. (Chiqadi.)
Moʻmin – Boʻpti. Qani, oʻtiring-chi, kuda. Mayli, siz aytganingizcha boʻla qolsin. Lekin…
Abdusalom – Nima lekin? Yana nima gap?
Moʻmin – Shoshmang, shoshmang. Gap bunday. Ikkalamizning ham holimiz bir-birimizga maʼlum. Toʻyni bir joyda qilsak.
Abdusalom – Toʻy bir joyda boʻladimi?
Moʻmin – Eshigimiz yonma-yon boʻlsa, mehmonlar u eshikdan kirib, bu eshikdan chiqib yuradimi? Toʻy bir joyda boʻlsa, ham yigʻinchoq, ham tartibli, ham arzonroq tusharmidi, deyman-da.
Abdusalom – Toʻy siznikida boʻladimi?
Moʻmin – Ha-da.
Abdusalom – Men yoru birodarim, qarindosh-urugʻlarimni siznikiga taklif qilamanmi?
Moʻmin – Shunday boʻladi-da.
Abdusalom – Oʻchoq, qozon-tovoq, tugun-tersak biznikida boʻladimi?
Moʻmin – Mayli.
Abdusalom – Mayli, deydi-ya! Omin, ollohu akbar! (Turadi.)
Moʻmin – E, qayoqqa?
Abdusalom – Bor-bor-ey! Toʻy bu kishinikida boʻlar emish. Siznikida toʻy qilib boʻladimi? Olqindiday hovlingiz bor. Toʻy boʻlsa, mana, menikida boʻladi.
Moʻmin – Hali sizning hovlingiz katta boʻldimi? Toʻrtta odam kirsa, beshinchisi laylakka oʻxshab bir oyogʻini koʻtarib turishi kerak. Toʻy biznikida boʻladi. Nima qilsa ham, oʻgʻil uylantiryapman.
Abdusalom – Men yolgʻiz qizimni chiqarmoqchiman. Toʻy boʻladigan boʻlsa, mana, menikida boʻladi.
Moʻmin – Boʻlmasa mana bunday qilamiz, doʻstim. Oʻrtadagi bir parda devorni buzamiz, hovlini katta qilamiz. Toʻyni bir joyda oʻtkazamiz. Boʻldimi?
Abdusalom – Yoʻq, har bir insonga bir uy, bir goʻr, deganlar mashoyixlar.
Moʻmin – Mashoyixlar aytgan boʻlsa eski zamonda aytgan, hozir yangi zamon.
Abdusalom – Hikmatning eski-yangisi boʻlmaydi, oshnam.
Moʻmin – Bugun boʻlmasa erta, erta boʻlmasa indin uy-joying buziladi. Nima qilasan eski hovliga yopishib. Buldozer tumshugʻini tirab turibdi-ku!
Abdusalom – Oʻsha buldozeringni tagiga oʻzimni tashlaganim boʻlsin. Men uy-joyimni, ayniksa devorni buzdirmayman. Axir. bu devorni otam rahmatli oʻz qoʻllari bilan kurganlar. (Koʻziga yosh oladi.)
Moʻmin – Otang rahmatli xam oʻzingga oʻxshagan ta-jang edi. Arzimagan devor uchun dadamning boshini chopib tashlashiga ozgina kolgan edi.
Abdusalom – Juda ham toʻgʻri qilgan ekanlar, rahmatli otam. Sening otang ham oʻzingga oʻxshagan judayam ayyor. tulki odam edi. Mana shu devorni olishda ham, rejani toʻrt enlik beridan olganlar. Haliyam mana shu hovlingda toʻrt enlik haqqim bor.
Moʻmin – E, toʻrt enlik emas, hammasini ol! Shu devorni buzamiz. Zaminini senga xatlab beraman. Boʻldimi?
Abdusalom – Hammasini-ya.
Moʻmin – Ha, hammasini.
Abdusalom – Temir daftardan ham oʻtkazib berasan, boʻpti, men rozi. Qani, qoʻlni och! Omin. olloxu akbar! Ketmonni olib chiq.
Moʻmin – Hozir-a? Nafasni rostlab olaylik. Bafurja qilamiz.
Abdusalom – Ioʻq, eskilarning bir soʻzi bor: “Na ishkim boshlading, tavsallamay hech bugun qil, ertaga boʻlgʻusidir kech”.
Assalomu alaykum, qudajon, kelin muborak boʻlsin.
(Qulluq qiladi.)
Moʻmin – Kuyov muborak boʻlsin.
Abdusalom – Qani, omin, tup qoʻyib palak yozishsin, koʻsha karishsin. Biz ham qarib-churib yuraylik.
Chikadilar. Dilorom bilan Nodir kiradilar.
Nodir – Shunday bayt aytibdi Hofiz Sheroziy:
Agar koʻnglimni band etsa
Oʻshal Sheroz jononi,
Qaro xoliga baxsh etdim
Samarqandu Buxoroni.
Dilorom – Hofiz Sheroziy koʻp saxiy ekan, kani, eshitaylik, Nodir ne degan?
Nodir – Ming Samarqand, ming Buxoro
Hadya boʻlsin xol uchun.
Dilorom – Na iloj, menda havas yoʻq,
Mulku davlat, mol uchun.
Nodir – Senga yulduzli samoni
Hadya aylay, dilbarim.
Dilorom – Qoʻy uni, oʻldimmi, shoir,
Bu choʻtir roʻmol uchun.
Nodir – Xoʻp desang, men yangi oyni
Sirgʻadek takdim etay.
Dilorom – Zormidim jezdan yasalgan
Hiylai aʼmol uchun.
Nodir – Qil tarahhum, kim alifdek
Qomatim dol boʻldi-ku!
Dilorom – Kim koʻyibdir sevgini
Qaddi bukilgan chol uchun.
Nodir – Yor istigʻnosidin
Oʻlmasman-u, kuydim va lek
Lobarim oldida sheʼrim
Bunchalar behol uchun.
Dilorom – U lobar kim ekan?
Nodir – U bir Dilorom.
Qalbimning sultoni, koʻnglimga orom.
Dilimga muhabbat shavkini solgan,
Kechalar koʻzimdan uykuni olgan!
Meni halovatdan ayirgan mudom
U bir Diloromdir, u shu Dilorom.
Dilorom – Bir oz pastrok tushing, shoirim.
Nodir – Nechun?
Muhabbat arshida turibman bu kun.
Visol oni keldi, tugadi hijron.
Biz endi bir umr birgamiz, ishon.
Sen pari, koshingda devona boʻlay,
Jamoling shamʼiga parvona boʻlay,
Senga termulayin tong otgungacha,
Tong otganidan yana kun botgungacha.
Quvonchimga bu kun tor ikki olam…
Shu payt ichkaridan devorga urilgan ketmon tovushi eshitiladi.
Oshiq-maʼshuklar koʻcha devoridan ichkari qarashadi.
Qiziq, buzishmoqda devorni.
Dilorom – Dadam –
Devor tagin kovlab yotibdi, qarang.
Nodir – Devor eski, lekin juda ham zarang.
Ketdik, yordam beray.
Dilorom – Kirmang!
Nodir – Ne sabab?
Dilorom – Dadamning feʼlini bilasiz…
Nodir – Haq gap.
Ichkaridan gumburlash ovozi keladi. Dilorom choʻchib tushadi.
Nega qoʻrkding jonim, devor quladi, Buning alomati yaxshi boʻladi.
Dilorom – Yiqilaturib ham chirigan devor,
Toʻldirmok boʻladi koʻzingga gʻubor.
Nodir – Endi oʻrtamizda devor yoʻq.
Dilorom – Ammo
Tirik devorlardan asrasin xudo.
Chiqishadi. Sahna aylanadi. Pasqam burchak. Tuproqqa belangan Moʻmin bilan Abdusalom quvona-quvona hadiksirab chiqib kelishadi. Moʻminning qoʻlida sopol koʻza. Nodir va Dilorom kirib qolishadi.
Nodir – Dada, nima gap? Nima boʻldi?
Moʻmin qoʻlidagi koʻzani yoshlar koʻrib qolmasliklari uchun toʻn orasiga yashiradi va yotib oladi. Abdusalom yoʻlini qilib, Moʻminning yelkasini ukalashga tushadi.
Moʻmin – (Nodirga) Oyingga kir, yarimta aroqqa pul bersin.
Nodir – Aroqni nima kilasiz?
Abdusalom – Silash uchun, oʻgʻlim. Dadangizning yelka tomiri tortishib qolibdi. Sen, kizim, ovqat tayyorla.
Yoshlar chikishadi. Abdusalom Moʻminni ogʻilxonaga yetaklan-di. Ular ogʻilxonaga kelib koʻzaning ogʻzini ochadilar. Koʻzadan latta-putta, paxta, arqon, zski kalish chikadi. Abdusalom znsasi kotib koʻzani Moʻminga beradi.
Abdusalom – Ol, hammasi seniki.
Moʻmin – Rosa koʻlga tushdingmi, doʻstim, menga kara, men bergan qoʻyni soʻyib, yogʻini shu xumga solasan-da, kishda palovxontoʻrani yasab maza qilib yeb yotasan, ol.
Koʻzani Abdusalomning oldiga taq etib qoʻyadi. Koʻzadan allaqanday jiringlagan ovoz chikadi. Ular xayratlanib koʻzani silkita boshlaydilar. Abdusalom koʻzaga qoʻl tikib bir kancha oltin tillalarni oladi. Quvonchlari ichiga sigʻmay oʻyinga tu-shib ketadilar. Oltinni koʻrgan Moʻmin ashula aytib oʻyinga tushadi.
Abdusalom – Oltin topgan men-ku, nega sen oʻyinga tushyapsan?
Moʻmin – Ha, fikring buzildimi? Tilla meniki. Devorni buzamiz degan kim?
Abdusalom – Xoʻsh, oʻsha devorni urgan kim? Mening dadam boʻladilar. Oltin rahmatli dadamniki. gap tamom, vassalom.
Moʻmin – Devorni dadang urgan boʻlsa, loyini mening dadam qorib bergan.
Abdusalom – Loy qorganning butun topgan-tutgani oʻsha loyga qorishib ketadi, oʻrtoq. Nima qilganda ham, otamning qoʻllarida oltindek hunari bor edi.
Moʻmin – Mening bobom Xudoyorxonning sarbozi boʻlgan, oltin meniki.
Abdusalom – Mana bu arqonni koʻryapsanmi, buni kassob ishlatgan. Oltinni ham kassob koʻmgan. Mening dadam rahmatli koʻmgan.
Moʻmin – Boʻlmasa, mana bu paxta nima qilib yurib-di. Mening dadam Eskijoʻvada choponfurushlik qilganlar. Paxta oʻshandan qolgan.
Abdusalom – Manovi kalish-chi, mening dadam kiy-ganlar, mana, mening oyogʻimga loyiq.
Moʻmin – Boʻlmagan gapni gapirma. Sening dadangni yaxshi bilaman. Masteravoylar bilan yarmarkada birga yurib doim botinka kiyar edi. Kalish-mahsi kiymagan. Uni mening dadam kiyganlar. Mana, paytava mening dadamlarniki.
Abdusalom – Bekor aytibsan. Bularni mening da-dam oltinlarni ins-jinslardan saqlash uchun solganlar. Buning choponfurushga hech qanday daxli yoʻq. (Ikkalovi koʻzaning ikki qulogidan tortishadi.) Qoʻyib yubor, boʻlmasa kallangdan darcha ochib qoʻyaman.
Moʻmin – Kimni?
Abdusalom – Seni.
Moʻmin – Qoʻyib yubor, qoʻyib yubormasang xotinimni chaqiraman.
(Tashqaridan Nodirning ovozi keladi.)
Dada, qayerdasiz? Oyi, dadam qanilar? Moʻmin – Agar xoʻp desang, oʻrtasidan boʻlamiz. Abdusalom – Arra, boʻpti men rozi.
Ikkinchi manzara
Dangʻillama uchastka. Oʻrtada fontan. Fontan hovuzchasida aroq, konyak, vinolar. Bu sobiq zargar, hozirgi kunda xoʻjalik xodimi Saidmalikning hovlisi.
Shafoat – Hali shunaqami, yana ketasanmi? Nima men senga poyloqchimanmi? Ketkazmayman.
Saidmalik – Davlat ishi, komandirovka.
Shafoat – Bilmayman, yubormayman. Men uy poylamayman.
Saidmalik – Bor, koʻzimga koʻrinma.
Shafoat – Nima-nima? Ho, shuncha kilgan xizmatlarim, yelib-yugurganlarimga aytgan rahmating shu boʻldimi, nomard!
Saidmalik – Bas…
Shafoat – Men senga xotin emas, mana bu taqin-choqlarni bozorga olib borib koʻrsatadigan qoʻgʻirchoq ekan-man-da!
Saidmalik – Yoʻqol, dedim senga, yoʻqol!
Shafoat – Xoʻp, ketaman. Lekin bilib qoʻy. Mening yosh umrimni xazon qilgan mana shu xonadoningga oʻt qoʻyib ketaman.
Saidmalik – Qoʻlingdan kelganini qil.
Shafoat – Men qayerga borishimni, kimga arz qili-shimni oʻzim yaxshi bilaman. (Keta boshlaydi)
Saidmalik – Shafoat, menga kara. Toʻxta. Esingni yigʻ. Men senga nima yomonlik qildim?
Shafoat – Qoʻlingni tort. Sen menga er emassan.
Chikib ketadi.
Saidmalik – Ming laʼnat bunday xayotga. Nima qilayki, tilim qisiq. Bu qanday turmush? Ming-ming puling boʻlsa-yu, bitta durust mashina olib mina olmasang. Toʻrtta qasr qurgundek davlating. boʻlsa-yu, koʻz koʻrgudek imorat qura olmasang. Kechayu kunduz orqamdan allaqanday soyalar quvlab yuradi. Dahshat, dahshat. Hamma mening izimga tushgan. Hamma menga dushman. Ablahlar.
Kayf holatda gandiraklab Qilichbek kirib keladi.
Saidmalik – Ha, yana otibsiz-da, a?
Qilichbek – Ha, xoʻjayin, sizni davringizda otib turaylik. Baribir bir kunmas bir kun ikkalamiz ham otilamiz, xoʻjayin.
Saidmalik – Oʻchir ovozingni, nafasing qursin. Men buyurgan ishlar nima boʻldi?
Qilichbek – Hammasini qoyil qildim, xoʻjayin. Mana, xoʻjayin, 2 ming soʻm. Choʻtalni choʻzing, xoʻjayin.
Saidmalik – Barakalla. Sen menga shogirdgina emas, tugʻishgan ukamdan ham afzalsan. Bundan bir yil oldin sen boʻlmaganingda ikkita yoʻltoʻsarning qoʻlida oʻlib ketgan boʻlar edim. Mushtlashishga ham chakki emas ekansan-a?
Qilichbek – Boks toʻgaragiga qatnashganim ish berdi-da, xoʻjayin. Har yomonlikning bir yaxshiligi boʻladi, xoʻjayin. Mana sizdek odam bilan tanishdim.
Saidmalik – Mana shu safardan eson-omon qaytib kelsam, katta toʻy qilib boshingni ikkita qilib koʻyaman.
Qilichbek – Rahmat, xoʻjayin. (Kayf aralash yiyelab Saidmalikka osiladi.) Qayokka otlandingiz, xoʻjayin?
Saidmalik – Odessaga. Istanbuldan mol keladi.
Qilichbek – Meni yubora qoling.
Saidmalik – Yoʻk, oʻzim bormasam boʻlmaydi. Bu gal nsh muhim.
Qilichbek – Muximini ham koyil qilaman.
Saidmalik – Bu ish ammangiz emas. Hali hukumat odamlarini bilmaysan. Ular juda xam usta boʻladi. Ammo men ham chakana emasman. Ularning mingtasiga chap berib ketaman. Axir, meni “Saidmalik tulki” deydilar-a?
Qilichbek – Bu gapingiz toʻgʻri. Lekin, mabodo, xoʻjayin. koʻlga tushib kolsak ikkalamizni baravar oti-sharmikan yoki alohida-alohida otisharmikan?
Saidmalik – E, boʻldi-ye! Farishta yaxshi gapga ham, yomon gapga ham “omin” deydi. Menga kara. Uyda uch-toʻrtta gilam bor. Yigʻishtirib anavi Abdusalom galvarsnikiga olib chiqib koʻygin.
Koʻcha eshik takillaydi.
Qilichbek – Kim u? Abdusalom – Men, Abdusalom. Saidmalik – E, Abdusalom boʻlmay oʻl, yurakni yording-ku. Qilichbek, chakir.
Qilichbek eshikni ochadi, Abdusalom kiradi.
Saidmalik – Xizrni yoʻqlasak boʻlar ekan. Hozirgina tilga olib turgan edik.
Abdusalom – Ha, yaxshini eslash savob deganlar. Yon koʻshnim – jon koʻshnim. (Saidmalik hovuzchadan konyak olib Abdusalomga ichishni taklif etadi) Men ichgan emasman, umrim boʻyi ichgan emasman. (Qilichbekning zoʻrlashi tufayli Abdusalom bir ryumka konyakni ichib yuboradi.)
Saidmalik – Bu uzumni suvi, shifo boʻladi.
Abdusalom – Ichimga toʻpponcha otilganday boʻldi.
Saidmalik – Qoʻshni, sizni esga olib turganimning sababi shuki, men keliningiz bilan sayohat qilib kelmoqchi edim. Uyimiz yolgʻiz qolyapti. Baʼzi bir mayda-chuyda narsalarni siznikida qoldirib ketsam, deb oʻylagan edim. Siz nima deysiz?
Abdusalom – (Kayfi oshib qolib, tili zoʻrga gapga keladi.) Juda soz, qoʻshnining qoʻshniga shunaqada foydasi tegmasa qachon tegadi?
Saidmalik – Rahmat, rahmat.
Abdusalom – Qilichbek ukam, oʻsha narsalarni biz-nikiga olib chiqib qoʻy. (Qilichbek narsalarni koʻtarib chiqadi.)
Saidmalik – Endi, Abdusalom aka, oʻzlaridan soʻrasak, bizning tomonlarga kaysi shamollar uchirdi?
Abdusalom – Men bir narsani bilgani chiqkan edim. Eski oʻn soʻmlik oltin shu kunlarda necha pul turadi?
Saidmalik – Shu kunlarda oltinning narxi juda koʻtarilib ketgan. Bir donasi 220-250 soʻm turadi.
Abdusalom hang-mang boʻlib xayolida tillani sanay boshlaydi.
– Tilla oʻzlariga kerakmi?
Abdusalom – Shu, bitta tilla tish qoʻydirmoqchiman.
Saidmalik – Tilla tish? Oʻzlarigami? Obbo qoʻshni-yey. Tuya hammomni orzu qilibdi-da.
Abdusalom – (kayf ichida) Hali shunaqami? Siz boyvachcha-yu, biz tuya boʻldikmi? (Konyakdan ichadi). Mana shu uchastka, biznikiga olib chiqib qoʻygan narsalaringiz hammasi qancha turadi? Uch barobar toʻlashga qurbim yetadi. Tuya, deydi-ya! Yoʻq, men endi tuya emasman. (Yonidan oltin tanga chiqarib) Sizga mana shu oltin bilan toʻlayman. Sizdaqa boyvachchaning oʻntasini doʻkon-poʻkoni, ichak-chavagʻi bilan sotib olishga qurbim yetadi.
Saidmalik – Hey, nima deyapsiz? Bilasizmi, men kimman?
Abdusalom – Kim boʻlasan?
Saidmalik – Men hukumat odamiman. Tegishli joyga xabar kilsam nima boʻladi? Tillani qayerdan oldingiz?
Abdusalom – Tilla oʻzimniki. Rahmatli dadamdan meros qolgan.
Saidmalik – Boʻlmagan gap. Abdurasul qassobning oʻlib ketganiga qirq yildan oshdi. Tillasi tugul poʻstagi ham qolmagandir. Esingizda yoʻqmi, qirq uchinchi yili bola-chaqam och qoldi, deb dadangizdan qolgan dandon sopli pichoqni menga yalinib sotganingiz? Tilla boʻlsa, oʻsha paytda yorilgan boʻlardingiz. Yolgʻonni eplagan odam gapirsin. Xoʻsh, ayting, qayerni oʻmardingiz?
Abdusalom – (hushyor tortib) Qoʻying-e, nimalar de-yapsiz? Men oʻgʻrilik qiladigan odammanmi?
Saidmalik – Men sizni halol, diyonatli kishi deb yurardim. Odamning olasi ichida boʻlar ekan. Shuncha nil birga qoʻshni boʻlib bilmabman-a!
Abdusalom – Oʻylab gapirsangiz-chi!
Saidmalik – Tilla magazinni oʻmargansiz. Bildim. Hozir xabar kilaman. Men uchun xalq, davlat mulkidan aziz narsa yoʻq.
Abdusalom – Jon qoʻshni, aylanay koʻshni. Xabar qilmang. Rahmingiz kelsin. Yolgʻiz qizim yetim boʻlib qoladi. (Konyak shishasiga qarab) Oʻl, meni sen shu kuyga solding. (Saidmalikka) Mana bu tillani yoʻldan topib olgan edim. Sizga sotmoqchi boʻluvdim. Mayli, siz shuni olaqoling. Oʻzingizga, tekinga.
Saidmalik – E, ha, hali menga pora bermoqchimisiz? Hukumat odami sizga poraxoʻr boʻldimi? Hali xabar qilmagan boʻlsam, endi xabar qilaman. Menga qarang, militsiyaning nomeri qanaqa? Ha, ha. 02.
Abdusalom – Menga qarang, xudo xayringizni bersin, xabar qilmang.
Saidmalik – Boʻlmasa, ayting, tillangiz qayerda?
Abdusalom – Tokning tagida koʻmib koʻyibman.
Saidmalik – Qancha?
Abdusalom – Ancha.
Saidmalik – Koʻmgan yeringizni koʻrsating.
Abdusalom – Xoʻp.
Chiqishadi. Chiqa turib Abdusalom konyak shishasiga yana “oʻl” deb oʻtadi. Gilam koʻtarib chiqib ketgan Qilichbek qaytib qiradi.
Qilichbek – Xoʻjayin, hammasi gatop boʻldi. (Ularni topolmay hayron boʻladi.) Ie, bular ikkalasi maloikalar-dek qanot chiqarib uchib ketishdimi? (Devor osha qaraydi.) Ajabo, ular tokning tagida nima qilib uymalashib yurishibdi. Yoki xoʻjayin biron narsani oʻsha yerga koʻmdirmoqchimi? Ioʻq, bizning xoʻjayin unaqa anoyilardan emas. (Panaga oʻtadi. Abdusalom va Saidmalik kiradilar.)
Saidmalik – Abdusalom aka, yashirgan joyingiz yaxshi. Lekin yana ham ehtiyotkor boʻlish kerak. Oʻsha yerga bizning olaparni bogʻlab qoʻyamiz.
Abdusalom – Moʻmin koʻnmaydi.
Saidmalik – Aldang, avrang, koʻndiring. Koʻnmasang qizimni bermayman, deng.
Abdusalom – ZAGSdan oʻtishgan boʻlsa, nikox…
Saidmalik – Nikohga balo bormi? Moʻmin gapga koʻnsa koʻndi, boʻlmasa nikohni buzamiz. Sizga oʻzim kuda boʻlaman. Qilichbekdek kuyovingiz boʻlsa yomonmi?
Abdusalom – Qilichbek?
Qilichbek – (chetga) Ana, baxtingiz ochilib qoldi, Qilichbek.
Abdusalom – Mayli, maslahatlashib koʻramiz. Moʻmin bilan bir gaplashib koʻraman. Menga qarang, jon aka, bu yerda boʻlgan gaplarni hech kim bilmasligi kerak.
Saidmalik – Mana, Abdusalom aka, ikki ming.
Abdusalom – Ikki ming?
Saidmalik – Bu xamir uchidan patir. Tillalaringizni hammasini oʻzim sotib olaman.
Abdusalom – Ikki ming! Niyat kardam, biguzoram! Makkai mukarrama, Madinai munavvara.
(Abdusalom sanab chiqib ketadi.)
Saidmalik – (yoleiz) Ana, mulla Saidmalik. Qirq yillik orzuing roʻyobga chiqadigan boʻldi. Endi kimsan Saidmalik millioner boʻlaman. Qandingni ur!
Qilichbek – (oʻzicha) Tillalaringizni sotib ola-man? Yana kimdan? Abdusalom yamoqchidan. Yoʻq, bu odam yamoqchimas. Boshqa xunari bor. Yoki xoʻjayin aytgan Taka maxsum shumikan-a? Qani, koʻramiz, Nodir, sening muhabbating zoʻrmi yoki xoʻjayinning oltinlarimi? Haqiqiy imtixon endi boshlanadi.
Uchinchi manzara
Moʻminning chogʻroqqina hovlisi. Bu yerda hamma narsa uy egasining kamtar xayotiga mos. Oldingi planda peshayvon. Eski koʻrpachalar solingan. Devorda Moʻminning yoshlikda harbiy kiyimda tushgan suvrati. Matlab va Zuhra.
Matlab – Sogʻindim, yorugʻ yulduzim!
Qani bilsang eding, olis yurtlarda
Senga intilganim, zor boʻlganlarim.
Sharqdan koʻtarilgan tong yulduziga
Mening Zuhram, deya yolborganlarim…
Qani bilsang eding, Arab dashtida
Quyosh tikka kelib oʻt purkagan chogʻ,
Sening toza ishqing, pok muhabbating
Menga jon berganin bamisli buloq.
Seni sogʻinganda iltijo qilib Majnundek
Kaʼbaga bosh qoʻysam, dedim.
Moʻjiza koʻrsatu ona yurtimga
Zuhramga yetkaz, deb yosh quysam, dedim.
Zuhra – Shoir boʻlibsiz-ku! (Nodirning sharpasini eshitib Matlabdan uzoqlashadi.) Akam! (Nodir kiradi.)
Nodir – Hoy, puchuq! Shimimni dazmollab qoʻydingmi?
Zuhra – Voy, yoʻq…
Nodir – (Matlabni koʻrib) I-e, oʻzingmisan, doʻstim Matlabjon?
Kelganing rostmi?
Matlab – (hazil bilan) Yoʻq, kelganim yolgʻon.
(Quchoqlashib koʻrishadilar.)
Nodir – Obbo sen-ey! Endi sen hoji Matlab!
Matlab – Yoʻgʻ-ye!
Nodir – Yurgan – daryo! Sen ikki hatlab Arablar yurtidan kelib turibsan, Majnun diyorini borib koʻribsan. Qoyil, doʻstim, qoyil, ming karra balli.
(Zuhraga tegishib)
Majnun kelsa, uyda bor ekan Layli. Xoʻsh, doʻstim, qayerlarda boʻlding?
Matlab – Al-Iskandariyada, Qohirada ham boʻldim. Lekin, rostini aytsam, ularning mingtasini Oʻzbekistonning bir sikim tuprogʻiga alishmayman.
Nodir – Shundaykan, qayta qol.
Zuhra – Muddat qachon tugaydi?
Matlab – Bir yil.
Nodir – (Zuhraning nomidan qilib) Voy-bu… – Seni hammamiz ham sogʻindik. Ayniqsa, puchuq.
Ichkaridan Moʻminning mungli ovozi eshitiladi.
Zuhra – Dadam chikyaptilar. (Ichkari kiradi.)
Matlab – Tinchlikmi?
Nodir – Toʻy taraddudi bilan charchab qoldilar shekilli, dadamning mazasi yoʻq. Oldin umri odamlar ichida oʻtar edi. Hozir esa el-yurtga qoʻshilmay koʻydilar. Kechala-ri alaxsirab chikadilar.
Matlab – Doktorga koʻrsatish kerak.
Nodir – Oyimlarni bilasan-ku. Doktorga balo bormi, deydilar. Dadamni jin urgan emish.
Matlab – Jin? Qanaqa jin?
Nodir – Qudalar bilan bir hafta ilgari oʻrtadagi devorni buzishgan edi. Devor kavagidagi jinlar duv etib dadamning yelkasiga qoʻnib olgan emish.
Matlab – Shunday moʻmin odamning yelkasiga qoʻnib olgan boʻlsa zap bekorchi jin ekan-da. Dadang charchagan boʻlsalar kerak. Dam olsalar tuzalib qoladilar. Men endi boray. Hisobot berishim kerak.
Nodir, Matlab chiqadi. Moʻmin kiradi.
Moʻmin – E xudo! Men senga nima yomonlik qildim? Men sendan oltin soʻraganmidim? Ol, oltinlaringni. Ber, mening xotirjamligimni. Yuragim ezilib ado boʻldi-ku.
Oltin solingan xaltachani yerga otadi. Soʻng yana vasvasaga tushadi.
Yerda oltin yotibdi! (Xaltachani olib bagʻriga bosadi.)
Yoʻq, buni hech kimga bermayman. Qayerga berkitsam ekan?
Oltin solingan xaltachani berkitmoqchi boʻlib joy qidira-di. Koʻrpaning tagiga qoʻysa, doʻppayib qoladi.
He, doʻppaymay oʻl!
Kidira-qidira samovarning tagiga yashiradi. Oʻzicha xotirjam boʻladi. Lekin “Hukumat odamlari topib olishmasmikin?” degan xayol bilan koʻchaga chiqib, tashqaridan eshikni taqillatadi. Bego-na ovoz bilan chaqiradi.
Mulla Moʻmin, hoʻ mulla Moʻmin!
Tovushga Zuhra ichkaridan yugurib chiqdi. Moʻmin gerdayib. oʻzicha “xukumat odami” boʻlib kirib keladi. Zuhra otasining ishini koʻrib qoʻrkib ketadi va ichkariga kochadi.
Xoʻsh, mulla Moʻmin, qani, oltinlarni topshirib qoʻying. Ha, topshirmaysizmi? Mayli, oʻtiravering. Oʻzimiz topib olamiz. Qani, mahalla faollari, kiraveringlar.
U yoq-bu yoqni karagan boʻlib, samovar yoniga keladi. Oʻzi choʻchib ketadi.
Voy-dod, koʻrinyapti. Topib olishadi. Qayerga berkitsam ekan. Ha, suratimning orkasiga berkitaman.
Devordagi suratning orqasiga oltinlarni berkitadi. Har tomondan karaydi.
Eshik tomondan ham koʻrinmas ekan. Xudoga shukr. Endi tinch uxlayman.
Eshik takillaydi. Moʻmin choʻchiydi. Hovliga mahalla oqsokoli kirib keladi.
Moʻmin – (sarosimada) Keling, keling.
Oqsoqol – Keldim, lekin bemavrudrogʻ kelib qoldim, shekilli.
Moʻmin – (oʻzini yoʻqotib) Ha… shunday…
Oksoqol – (fotiha oʻqiydi) Mulla Moʻmin, sogʻligʻing qalay?
Moʻmin – Bir navi. (Hadeb suvrat tomonga qaraydi.)
Oqsokol – Muncha suratingga tikilasan. Oʻzingni koʻzing tegadi. Kara, bir zamonlar suksurday yigit ekan-san!
Oqsokol surat oldiga boradi. Moʻmin nima qilishni bilmay voyvoylab titray boshlaydi.
Oqsoqol – Nima boʻldi, tinchlikmi? Moʻmin – Shu, qornimga bir narsa toʻpday tiralib koladi-da…
Oqsoqol – Urush qursin, urush. Hammamizning sogʻligʻimizni olib ketdi.
Moʻmin – Oʻtiring, oʻtiring. Qimirlamang. Qimirla-sangiz yana ogʻriydi.
Oqsoqol – Mulla Moʻmin, maslahatlik gapim bor. Hammamiz bir mahallaning odamimiz. Uzokdagi qarindoshdan yaqindagi qoʻshni afzal. Kecha mahallaning uch-toʻrt faollari maslahatlashgan edik. Hammamizning fikrimiz bir yerdan chiqib qoldi. Toʻy qilaman deb, mazang qochib qoldi. Xomushsan, odamga qoʻshilmaysan. Oʻzing bilan oʻzing gapla-shadigan boʻlib qolibsan. Rasm-rusmlarimiz kursin. Bizda toʻy qilguncha yoʻgʻon choʻzilib, ingichka uziladi. Lekin sen parvo qilma. Toʻyning boshida oʻzimiz turib, chiroyli qilib oʻtkazib beramiz. Mana, ozgina pul. Toʻyona. Mahalladan yordam. Ol. Hali toʻyga yaqin bir qop un, ikki pud guruch toʻgʻrilab berish ham mahalla gardaniga. Axir biz senga har qancha kilsak oz. Sen yurt uchun vaqti kelsa joningni ham ayamagansan. Yaxshilikni ham, ogʻirlikni ham el-yurt bilan baham koʻrgansan. Baʼzi bir qoʻshnilaringga oʻxshab oʻgʻri mushukdek hayot kechirayotganing yoʻq. (Moʻmin oʻz ahvoliga achinib yigʻlaydi. Oqsoqol yiyeini oʻzicha tushunib) Yigʻlama, biz seni yolgʻiz qoʻymaymiz. Xoʻp, men endi boray. Pensiyaga chiqsam ham tinchimayman. Narigi mahalladagi Sotimboy sarik qariganda kiliq chiqarib xotini bilan aytishib kolibdi. Hozir oʻsha yerga kirib oʻziga ham, xotiniga ham nasihat qilib chikmoqchiman. Moʻmyn – Oʻtiring, choy-poy…
Oksoqol – Jigarim, kaddingni koʻtar, bu ahvolda toʻyingga yetolmay qolasan-ku. (Chiqadi.)
Moʻmin ayvondagi koʻrpachaga choʻziladi. “Alla” koʻshigʻi eshitiladi. U shunchalik horiganki, bir zumda uyquga ketadi. Lekin oltinlar tufayli uyqu xam notinch. Alaxsirab oʻrnidan turadi.
Moʻmin – Xayriyat, tushim ekan, tuf, tuf, qoʻrqib ketdim-a. (Oltinni tekshiradi.) Xayriyat, joyida.
Suvrat orqasidagi xaltani olib yostigʻi tagiga koʻyadi va yana uyquga ketadi. Buni kuzatib turgan Saidmalikning ishorasi bi-lan Qilichbek hovli devoridan oshib tushadi. Oltinni olib, xuddi shu xildagi xaltani Moʻminning yostigʻi tagiga joylab koʻzdan gʻoyib boʻladi. Bir ozdan soʻng Moʻmin uygʻonib ketadi. Vayevasaga tushib xaltaga yopishadi va yana hushyor tortadi.
Moʻmin – Ha, sarik shayton. meni sen yana vasvasaga solyapsanmi? Yoʻq, gapim gap. Men seni ertagayok olib borib topshiraman. Men yurt uchun jonimni ham ayamadim, topib olgan oltinlarimni ayarmidim? Sen baland-baland imoratlar boʻlib kad koʻtarishing kerak. Maktablar, choyxonalar, bogʻchalar boʻlishing kerak. Oʻsha choyxonaning birida men oʻltiraman. “Ha, choyxonachi, kani, achchiq choydan damlang. Koʻk choy. Starshiy qorovul boʻldingmi, deysizmi? Ha, starshiy qorovul boʻldim. Hay, Nodirning oʻgʻli. Kesak otma! Yangi maktabning derazasi sinadi. Bu maktab bobongning oltinlariga solingan. Bor uyga, bor”. (“Oltinli” xaltaga qarab yana berkitish payiga tushadi.) Qayerga berkitaman. (Xaltani hovlining oʻrtasiga qoʻyadi.) Ha, mana shu yerga berkitaman.
Ichkaridan Xurinisa, Nodir, Zuhra chikib, uning harakatini kuzatishadi.
Xurinisa – Dadasi! U nima?
Moʻmin – (choʻchib) A?
Xurinisa – Nima, deyapman. Ayting. Menga aytmasangiz kimga aytasiz? Axir ne niyatda bir yostiqqa bosh qoʻygan xotiningizman.
Moʻmin – (hushyor tortib) Nodir, kizim, bu yoqqa kelinglar. Men eng razil, eng pastkash odamman. Yurtning tuzini ichib, tuzligʻiga tupurgan odamman. Mana bu xalta-dagi hammasi – oltin.
Nodir – Oltin?
Zuhra – Oltin?
Moʻmin – Mana shu devorni buzayotganimizda topdim.
Xurinisa – Ana aytdim-ku, bu odamga devorning jinlari yopishgan, deb.
Moʻmin – Men uni topib oldim. Mendan Abdusalom xiylai-nayrang qilib olib ketmoqchi. Yoʻk, men buni dav-latga topshiraman.
Xurinisa – (shangillab) Soppa-sogʻ yurgan odam bir kunda jinni boʻlib oʻtirsa-ya. Oʻzim aytdim-a! Devorni buz-mang, bir kori hol boʻlmasin dedim-a. Er degan xotinning gapiga kirsa. Endi nima boʻladi? Xotinning soʻziga kirma-gan erning ahvoli shu.
Nodir – Boʻldi, oyi, hamma uxlab yotibdi.
Moʻmin – Yoʻq, buni men birovga bermayman. Davlatga topshiraman. (Pauza) Xotin. beri kel. Bir fikr bor. Yarmini olib qolsak nima deysan? Kim bilib oʻtiribdi? Bir kunimizga yaraydi-ku! Qayerga berkitamiz?
Xurinisa – Menga bering, menga.
Moʻmin – Yoʻq, oltinni xotin kishiga ishonib boʻladimi, yoʻq.
Xurinisa xaltani tortib oladi. Xaltadan toshlar toʻkiladi.
Moʻmin – Tosh, tosh? (Hushidan ketib yikiladi).
Nodir – Suv, suv olib kelinglar.
Xurinisa – Voy-dod, arslonimdan ayrilib koldim.
P a r d a
IKKINCHI PARDA
Birinchi manzara
Abdusalomning hovlisi. Ochiq derazadan uyning ichi koʻrinadi. Bunda hamma narsa toʻsatdan boy boʻlib qolgan xonadonga mos. Eski, pastak uyga yarashmagan oyogʻi burama mebellar. Devorlarga katta-kichik gilamlar oʻxshovsiz osib tashlangan. Sandiq ustiga baxmal koʻrpachalar taxlangan.
Dilorom hovli supurib yuribdi. Koʻchaga mashina kelib toʻxtaydi. Katta samovar koʻtargan, gilam qoʻltiqlagan Abdusalom harsillab kiradi.
Dilorom – Dadajon, qarigan chogʻingizda nimalar qilib yuribsiz? Bu ahvolda uzilib qolasiz-ku.
Abdusalom – Eh, kizim, yoshsan-da, yoshsan. Axir men bularni sen uchun, sening baxting uchun qilyapman.
Dilorom – Menga bunaqa baxt kerakmas. Baxt mol-mulk bilan oʻlchanadimi?
Abdusalom – Sen baxtning nimaligini kayokdan bi-lasan? Qiyinchilik, kahatchilik koʻrmagansan, boylikning qadriga yetarmiding. Axir men ne-ne ogʻirchiliklarni koʻrmadim. Ne-ne ocharchiliklarni boshdan kechirmadim. Ke-chani kecha, kunduzni kunduz demay bigiz oʻtkazdim, ip eshdim.
Dilorom – Otajon, men sizga ishonaman. Siz halol yashagansiz. Lekin mana shu bir hafta ichida butunlay oʻzga-rib koldingiz. Jon dadajon, rostini ayting, shuncha mol-dunyoni qayerdan olyapsiz?
Abdusalom – Xudo yetkazyapti. U rizqu nasibamizni beryapti.
Dilorom – Agar meni kizim desangiz, rostini aytasiz.
Abdusalom – Otasi oʻrgilsin. Uzumini yeng, bogʻini surishtirmang.
Dilorom – Nima qilay, oʻzingiz menga halol uzum berib oʻrgatgansiz.
Abdusalom – Ha, barakalla. Haromning yuzi qursin. Haromdan hazar kilaman, kizim.
Dilorom – Boʻlmasa nimaga shu eʼtiqodingiz bilan harom ishga qoʻl urdingiz? Nega el-yurt oʻrtasida haromxoʻr deb nom olgan zargar bilan apoq-chapok boʻlib ketdingiz? Nima uchun yolgʻiz qizingizni mana shu mol-dunyoga sotdingiz? Nima, meni baxtli kilmoqchi boʻldingizmi?
Abdusalom – Ha.
Dilorom – Meni kechiring, dada, men koʻngil koʻyiga yuradigan, otasining yuziga oyoq bosadigan kizlardan emasman. Lekin ortiq chidayolmayman. Men uyingizdan ketaman.
Abdusalom – Ketaman?
Dilorom – Ha, ketaman.
Abdusalom – Qayoqka. Oʻsha Nodir soʻtak bilanmi?
Dilorom – Ha, dada. Oʻsha soʻtak Nodir siz aytgan Qilichbekka oʻxshagan yugurdaklarning mingtasidan afzal.
Abdusalom – Otangizning yuzini yerga qaratmang, qizim.
Dilorom – Yoʻq, dada. Sizning yuzingiz yerga qaramaydi. Qizingizni zargarning gumashtasiga unashib qoʻyib, evaziga shuncha mol-dunyo orttirib yana el oʻrtasida bosh koʻtarib yurgan odam, qizi ketib kolsa yuzi yerga qaraydimi? Rost ayting, meni necha pulga sotdingiz?
Suhbatni eshitib turgan Zuhra kiradi.
Abdusalom – Boʻldi, bas… Ana, oʻrtogʻing kelib qoldi. Sen bilan keyin gaplashaman.
Dilorom – Dada, dada, toʻxtang. (Zuhrani koʻrib) Zuhra. (Uni quchoqlab yigʻlaydi.)
Zuhra – Eshitdim. Hammasini eshitdim. Men sening oldingga oʻz dardimni aytgani kelsam, sening darding menikidan oʻn chandon koʻp ekan.
Dilorom – Chunki otamning kasali sening otang dardidan oʻn chandon zoʻr. Sening dadang-ku tuzalib kolar. Lekin mening otam-chi…
Zuhra – Qoʻy, oʻz qizini sotadigan otalar zamoni oʻtib ketgan. Undan koʻra ayt, kimga bermoqchi ekan?
Dilorom – Saidmalik zartarning gumashtasiga.
Zuhra – Voy, voy, kim ekan u, koʻrdingmi?
Dilorom – Yoʻq, bugun kelarmish. Kim boʻlsa xam oldimga solib quvlayman.
Zuhra – Unday qilma, kuyov bolani xafa qilish yaxshi emas. (Kuladi.)
Dilorom – Nimaga kulasan? Men oʻlay desam, bu kuladi.
Zuhra – Topdim. Bir ish kilamiz. Qulogʻingni ber. (Shivirlaydi.)
Dilorom – Shayton-ey!
Kizlar chiqib ketgach, koʻp oʻtmay yasanib olgan Qilichbek kirib keladi.
Qilichbek – Abdusalom aka, hoy Abdusalom aka. Bu uyda kim bor?
Nodir kirib keladi.
Nodir – Dilorom, Dilorom.
Qilichbek – (chetga) Qani, bir sinab koʻray-chi, muhabbati chinmikan. (Nodirga) Keling.
Nodir – Oʻzingiz keling… Oʻzlari kim boʻladilar?
Qilichbek – Biz Abdusalom akaga tegishli odam boʻlamiz. Oʻzlari-chi?
Nodir – Biz ham Abdusalom akaga tegishli odam boʻlamiz.
Qilichbek – Tanishib koʻyaylik. Biz Abdusalom akaga kuyov boʻlamiz.
Nodir – Biz ham Abdusalom akaga kuyov boʻlamiz.
Qilichbek – Qarindosh ekanmiz-da. Boja boʻlar ekanmiz. (Koʻrishib ketadilar.)
Qilichbek bir shisha konʼyak va ikkita ryumka olib unga konʼyak toʻldiradi.
Nodir – Soʻraganni aybi yoʻq, Abdusalom akaga anchadan beri kuyovmidilar?
Qilichbek – Toʻgʻrirogʻi, endi kuyov boʻlmoqchimiz. Yakinda toʻy boʻladigan. Oʻzlari-chi?
Nodir – Biz xam endi kuyov boʻlmoqchimiz. Abdusalom akaning qaysi jiyaniga uylanmoqchilar?
Qilichbek – Jiyaniga emas, qiziga.
Nodir – Men ham qiziga. Siz qaysi qiziga?
Qilichbek – Bilishimcha, Abdusalom akaning faqat bitta kizi bor, Diloromga.
Nodir – (xayol bilan) Men ham Diloromga?
Qadahlarni urishtirib ichadilar.
(Hushyorlanib) Kechirasiz, Siz adashmayapsizmi?
Qilichbek – Menimcha, siz adashayotgan boʻlsangiz kerak. Chunki kecha kechqurun Abdusalom akaning roziligi bilan nikoh oʻqildi.
Nodir – Siz adashyapsiz. Oʻsha Abdusalom akaning roziligi bilan Dilorom bilan bir hafta ilgari ZAGSdan oʻtganmiz.
Qilichbek – Ikkalamizdan bittamiz ortiqchamiz. Men tomonda shariat. Mana domlaning fatvosi.
(Choʻntagini qidiradi.)
Nodir – Men tomonda qonun. Mana ZAGS qogʻozi. (Choʻntagidan olib koʻrsatadi.)
Qilichbek – Abdusalom akani chaqiramiz.
Nodir – Diloromni chaqiramiz.
Qilichbek – Diloromning nima aloqasi bor? Qizini erga beradigan otasi.
Nodir – Erga tegadigan qizi. Diloromni chaqiramiz.
Shu payt Abdusalom kirib keladi. Unga peshvoz chiqqan Nodirga eʼtibor qilmay, ataylab Qilichbek bilan quyuq koʻrishadi. Alam oʻtgan Nodir shiddat bilan chiqib ketadi.
Qilichbek – Assalomu alaykum!
Abdusalom – Vaalaykum assalom, yaxshimisiz, uka, salomat bormisiz, omonmisiz, Qilichbek uka!
Qilichbek – Kuyovingiz bilan koʻrishmadingiz-ku!
Abdusalom – Ha, uni qoʻyavering. Kecha dadasining oldiga kirsam meni haydab chikardi. Xoʻsh, qani, bizga qanday xabarlar keltirdingiz? Qani, qani, oʻltiring.
Qilichbek – Men sizga qoʻsh xabar bilan keluvdim. Qoʻsh xabar – xush xabar.
Abdusalom – Qani, oʻsha xush xabarning birinchisini eshitaylik.
Qilichbek – Birinchisi shuki, oʻsha siz aytgan durdan oʻn shoda topib qoʻydim.
Abdusalom – Nima? Oʻn shoda? Baraka toping, otasi oʻrgilsin. Agar shundan keyin ham qizim ul-bul desa men unday kizdan kechib yuboraman. Xoʻsh, ikkinchi xush xabarni eshitaylik.
Qilichbek – Ikkinchisi shuki, yana bir soatdan keyin xoʻjayin kelar ekanlar. Zarur gaplari bor ekan. Hech qayoqqa ketmay turar ekansiz.
Abdusalom – Ie, iye, shuni birinchi xush xabar qilib aytmaysizmi, oʻgʻlim. Yoshsiz-da, yoshsiz. Xoʻjayin keladigan boʻlsalar, oʻz qoʻlim bilan yaxshilab palovxontoʻra yasayman. Devzira guruchim ham bor. Lekin uyda sabzi yoʻq edi. Siz oʻtirib turing. Men guzardan tezda sabzi olib kelay.
Chiqadi. Boshiga kelin roʻmolini yopgan Zuhra tamanno bilan kirib keladi. Dilorom panadan kuzatib turadi. Zuhra Qilichbek yakiniga kelib sekin yoʻtaladi.
Qilichbek – (uni Dilorom deb oʻylab) Dilorom.
Zuhra – (noz bilan) Qulogʻim sizda.
Qilichbek – (oʻzicha) Qanday nafis, kanday chiroyli ovoz. Omadingni qara, Qilichbek! (Zuhraga) Dilorom, men sizni koʻrishga koʻpdan beri mushtoq edim. Nihoyat yetishdim. Gʻoyat baxtiyorman.
Zuhra – Men ham baxtiyorman.
Qilichbek – Dilorom, uyalmang, boshingizni koʻtaring, gul yuzingizga bir toʻyib olay. Bu qaddi-qomat, bu ohu koʻzlar, bu qaldirgʻoch qosh faqat Diloromda boʻlishi mumkin. Dilorom. meni yaxshi koʻrasizmi?
Zuhra – Siz-chi?
Qilichbek – Yaxshi koʻrmasam, koʻyingizda sarson boʻlib yurarmidim?
Zuhra – Voy, meni koʻrmagan edingiz-ku.
Qilichbek – Sizni koʻrmagan boʻlmasam ham, xayolimda koʻrganman. Sizni xuddi shunday tasavvur qilganman. Mana shunday qaddi-qomat, gul yuzingiz necha martalab tushimga kiradi.
Zuhra – Muxabbatingiz rostmi?
Qilichbek – Mening muhabbatim rost, ammo siznikiga shuhbam bor.
Zuhra – (kuladi) Xoʻsh?
Qilichbek – Nodir degan yigitni bilasizmi?
Zuhra – Akammi? (Dafʼatan roldan chiqib ketganini sezib labini tishlaydi.)
Qilichbek – Akam?
Zuhra – (gapni toʻgrilab) Voy, anavi Nodirmi? Men undan kechganman.
Qilichbek – (oʻzicha) Goʻzallarda vafo boʻlmaydi, deb toʻgʻri aytganlar. (Zuhraga) Tilingiz muncha shirin. Dilorom, bilasizmi, men sizni shunday yaxshi koʻramanki…
Zuhra – Gaplaringiz yolgʻon boʻlsa-chi?
Qilichbek – Ont ichaman.
Ont ichaman koʻk-la, doʻzax-la,
Yer sanami, sen-la va haq-la.
Eng birinchi yoshing, ohingu
Eng oxirgi bir nigohingu,
Lablaringning gul damlari-la,
Ipak soching buramlari-la,
Ont ichaman aysh-la, kulfat-la,
Ont ichaman bor muhabbat-la.
Zuhra – (ortiq chidolmay, yuzini ochib) Iblis!
Qilichbek – Topdingiz, Lermontov! Usmon Nosir tarjimasi!
Zuhra – Menga karang, ismingiz nima?
Qilichbek – Qilichbek.
Zuhra – Tavba, koʻrinishdan tuppa-tuzuk odamga oʻxshaysiz-ku!
Qilichbek – Nima, sizga birov odam emas, deb aytdimi?
Zuhra – Siz qilayotgan ish inson qiladigan ish emas.
Qilichbek – Xoʻsh, men nima ish qilibman?
Zuhra – Siz, oʻgʻri ekansiz.
Qilichbek – (qoʻrqib ketadi) A, koʻrdingizmi?
Zuhra – Siz, baxt oʻgʻrisi, muhabbat oʻgʻrisi ekansiz.
Qilichbek – (engil tortib) Dilorom, siz meni kechiring. Menga ham oson emas. Men sizga hammasini tushuntirib beraman. (Moʻminning ovozi keladi.)
Zuhra – Voy, dadam!
Qilichbek – I-ye! Bu kishi sizning dadangiz emas-ku!
Zuhra – Har holda, bizni birga koʻrishmasin. Xoʻp, xayr.
Qilichbek – Men sizni oqshomda xiyobonda kutaman.
Zuhra oʻrta eshikdan, Qilichbek tashqi eshikdan chiqishadi. Miltiqli Moʻmin oltinlarni qidirib Abdusalomnikiga kirib keladi. Hammayoqni tita boshlaydi. Sabzilik toʻrxalta bilan Abdusalom kiradi.
Abdusalom – Ha, mulla Moʻmin, birovning uyiga soʻroqsiz kirib, tagʻin hammayoqni titganingiz nimasi?
Moʻmin – E, qari mushuk. Hozir joyiga qoʻyib qoʻy. Figʻonim chiqib turibdi, bir narsa qilib qoʻyaman.
Abdusalom – Nima? Nimani joyiga qoʻyay?
Moʻmin – Oltinlarimni! Oltinlarimni!
Abdusalom – He, baqirma-yey, qoʻshnilar eshitadi.
Moʻmin – Eshitsa eshitaversin. Qoʻrqadigan yerim yoʻq. Qani, joyiga qoʻyib koʻy!
Abdusalom – Hoʻ, senga aytyapman, tilingni tiy. Koʻp baqirma. (Uchoq yonidan kaftgirni olib Moʻminga yaqin keladi.) Xuddi manavi bilan kallangdan deraza ochib koʻyaman.
Moʻmin – Shunaqami? Bermaysanmi?
Abdusalom – Men olganim yoʻq.
Moʻmin – Boʻlmasa, militsiyaga xabar qilaman. Hammasini aytaman.
Abdusalom – (yalinib) Jon ogʻayni, oʻtir. Meni ham, oʻzingni ham sharmanda qilasan. Mana hozir choy koʻyaman, osh tayyor boʻladi, oʻtir, ogʻayni, oʻtir, bafurja gaplashamiz.
Moʻmin – (miltigini Abdusalomga toʻgrilaydi)
Qoʻlingni koʻtar!
Abdusalom – Hey, hey, nima qilyapsan, ogʻayni? Miltigʻing otilib ketadi. (Yuziga kaftgirni toʻsadi.)
Moʻmin – Hozir mana shu molparast, haromxoʻr kora yuragingni teshib qoʻyaman.
Abdusalom – Shoshma, hey, shoshma. Oʻlay agar, men sening oltiningni olganim yoʻq. Mayli, oʻzimni oltinimdan yarmini senga bera qolay. Lekin miltigʻingni tushir.
Janjalni devor ortidan Saidmalik va Qilichbek kuzatib turadilar. Qilichbek asta orqadan kelib Moʻminning burniga dori sepilgan roʻmolcha bosib, uni yikitadi. Moʻmin hushidan ketadi.
Abdusalom – (Qilichbekka.) Hey, nima qilib koʻydingiz?
Qilichbek – Landovur boʻlmay keting. oz boʻlmasa narigi dunyoga joʻnar edingiz.
Abdusalom – (Qilichbek bilan birga Moʻminni koʻtarib ichkari uyga olib kirar ekan) Voy oʻrtogʻim, oʻrtogʻim-yey, oʻlib kolsa nima kilaman?
Qilichbek – Tashvish kilmang, besh-oʻn minutdan keyin oʻziga kelib koladi.
Saidmalik kiradi.
Abdusalom – E, xoʻjayin kelib qoldilar-ku! Keling, keling!
Saidmalik – (Qilichbekka) Qilichbek, sen chikib tur. (Qilichbek chiqqach, Abdusalomga) Pulingizni olib keldim. (Xarid qilingan narsalarni koʻrib) Mana bunaka narsalarga hirs koʻyish yarashmaydi. Oʻz koʻlingizni oʻzingiz bogʻlab berasiz.
Abdusalom – (sekin chetga) E, puling ham qursin, oʻzing ham.
Saidmalik – Nima?
Abdusalom – Oʻzim shundoq. Ey, xoʻjayin. Moʻmin oltinni yoʻqotib qoʻyibdi, agar sizlar olgan boʻlsalaring joyiga koʻyib qoʻyinglar.
Saidmalik – Uning oltinlari sizning xumchangizda, koʻmgan yeringizda turibdi.
Abdusalom – Nima?
Saidmalik – Undan xavotir olmang, ertaga oʻz koʻlingizdan sanab olaman.
Abdusalom – U militsiyaga boraman, arz qilaman, deyapti.
Saidmalik – Bormaydi, oʻzidan qoʻrkadi. Unda yurak bormi!
Abdusalom – E, oʻzi bormasa oʻgʻli boradi, oʻgʻli bormasa xotini boradi. Xotini yomon.
Saidmalik – Boshida oʻylab ish kilish kerak edi.
Abdusalom – Endi nima qildik, xoʻjayin, buyogʻi nima boʻladi?
Saidmalik – (bir oz oʻylab) Topdim. Uni jinniga chiqaramiz.
Abdusalom – A?
Saidmalik – Ikkita choyxonaga kirib aytsangiz, ertaga butun shahar biladi.
Abdusalom – Ishonisharmikin?
Saidmalik – Ishonishadi. Tilla jinnisi boʻlib kolibdi, deng. Men hozir jinnixonaga telefon qilaman. Boplab adabini berishadi. (Oʻrogʻliq qogʻoz uzatadi.) Mana, ushlang.
Abdusalom – Bu nima? (Ochib koʻradi.) E, pul-ku!
Saidmalik – Pul, bardam boʻling.
Abdusalom – Qancha bu?
Saidmalik – Besh ming.
Chiqadi. Abdusalom uni kuzatib chiqadi. Hushiga kelgan karaxt Moʻmin asta-sekin sudralib uyiga chiqib ketadi.
P a r d a
Ikkinchi manzara
Moʻminning hovlisi. Moʻmin, Xurinisa, Nodir, Zuhra, Matlab.
Xurinisa – Peshonam qursin, peshonam. Erimdan tirik ayrilib qoldim. Voy, endi nima qilaman?
Moʻmin – Nimaga dodlaysan? Mening qancha yolgʻon gaplarimga ishongansan. Nega endi bitta rost gapimga ishonmaysan?
Xurinisa – Shoʻrim qursin, sharmanda boʻldik. Toʻy kilmay men oʻlay, devor buzmay siz oʻling. Bundan koʻra kora yerga kirsam boʻlmasmidi.
Moʻmin – Nodirjon oʻgʻlim. Quloq sol. Onangni qoʻyaver. Xotinlar shunaqa boʻladi. Men seni ne hasratda kiynalib katta kilganman. Onangga sut kelmaganda aptekadan sut olib boqqanman. Men jinnimanmi, oʻgʻlim, jinnimanmi?
Nodir – Boʻldi, dada, odamni qon qilib yubordingiz.
Moʻmin – Qizim, menga kara, qizim. Sen onangga tushuntirsang boʻlmaydimi? Qizlar otalariga mehribon boʻladi, deyishadi-ku! Men jinnimanmi? Ugʻlim, Matlab-jon, sen aqlli-xushli, donishmand, dunyo koʻrgan odamsan. Bu nodonlar qayerni koʻrishibdi, sen tushuntir, men jinnimanmi?
Matlab – Yoʻq, siz jinni emassiz. Bir oz charchagansiz. Dam olsangiz tuzalib ketasiz.
Moʻmin – Tuzalib ketasiz?
Matlab – Ha.
Moʻmin – Voy, voy, bu kanday ofat, bu qanday balo. Ey parvardigor, kanday maxluqotlaring borki, jinni bilan sogʻning farqiga borishmaydi?
Nodir – Boʻldi, dada, baqiravermang, jinni bilan sogʻning farqiga hammamiz boramiz. Axir tilla bilan toshning ham farkiga boramiz.
Toshga aylangan tillani eslab Moʻminning jazavasi tutadi.
Moʻmin – Tosh, tosh.
Moʻmin jinniga xos har xil qiliqlar qiladi.
Xurinisa – Voy, oʻlay.
Moʻmin – (birdan oʻziga kelib) Manavi choynakmi? Manavi piyolami? Shular bormi? Shularning borligi qanday rost boʻlsa, mening tilla topganim ham xuddi shunday rost. Men ahmoq boʻlmasam, uni har qayerga berkitamanmi, sen ahmoqlarga koʻrsatganimda… Voy-voy, million soʻmlik tilla edi-ya.
Moʻmin yana “Tosh, tosh” deb jazavaga tushadi va hushidan ketadi. Uni koʻtarib yotqizishadi.
Xurinisa – Sharmanda boʻldik. Nodir – Doktorni chakirish kerak.
Oq xalat kiygan doktor kirib keladi. Hamma hayron.
Doktor – Taqa mahalla, 101-uy shumi?
Zuhra – Ha, ha, qayerdan bildingiz?
Doktor – Vazifamiz shu, bemor qani?
Xurinisa – Oʻrgilay sizdan, baraka topgur. Erimni tuzatib bering, jon doʻxtir.
Doktor – Hozir tuzatamiz. Qani, toʻgʻrilab yotkizing bemorni.
Xurinisa – Oʻrgilay, miyasi aynib qolgan.
Doktor – (Moʻminning koʻkragiga trubka qoʻyib) Nafas oling, chuqurroq nafas oling.
Moʻmin – Voy, men sogʻman.
Doktor – Koʻzingizni oching.
Moʻmin – A? Koʻzangizni oching, deysizmi? Koʻza ham, oltin ham yoʻq.
Doktor – Tilingizni koʻrsating.
Moʻmin – Tillangizni koʻrsating? Aytdim-ku, tillalarni oʻgʻirlashdi.
Doktor sumkadan bahaybat shpritsni chiqarib ukol qilishga tayyorlanadi. Moʻmin ninani koʻrib oʻrnidan turib qochadi. Hamma bir boʻlib hovlini chir aylanib Moʻminni quvlaydi. Moʻmin oʻzini uy ichiga uradi. Orqasidan yoshlar va doktor kiradi. Xurinisa eshik yonida. Ichkarida jimlik choʻkadi. Moʻmin ingraydi. Eshikdan ichkariga qarab turgan Xurinisa ingrab yonboshini ushlaydi.
P a r d a
UCHINCHI PARDA
Birinchi manzara
Oqshom. Xiyobon. Zuhra va Dilorom.
Dilorom – Har xolda, uydan ketib qolganim yaxshi boʻlmadi-da. Otam bechora kechadan beri ich-etini yeb qoʻygandir-a.
Zuhra – Qizini sotmoqchi boʻlgan otani shunaka qilib adabini berish kerak.
Dilorom – Menga qara, dadam sizlarnikiga kirmadimi?
Zuhra – Bizlarnikiga nima deb ham kirsin?
Dilorom – Ha, kiyin boʻldi, ikkalasiga ham qiyin boʻldi.
(Pauza)
Zuhra – Undan koʻra ayt, studentlar yotoqxonasi yoqdimi?
Dilorom – Juda soz. Ajoyib dugonalaring bor ekan. Biri biridan quvnoq, biri biridan mehribon… Ana, kelyapti. Menga qara, yaxshilab gaplashib ol. Hamma gapning tagiga yetishga harakat kil. Qulogʻingda boʻlsin. Bor.
Qilichbek kiradi. Soatga qaraydi.
Zuhra – Toʻxta, kulib yuboraman.
(Kulgisi qistab, ogzini yopadi.)
Dilorom – Voy, kelishib olgan gaplarimiz nima boʻladi?
Zuhra kulgidan oʻzini toʻxtatolmaydi. Qilichbek yana soatga qarab keta boshlaydi. Majbur boʻlib pistirmadan Dilorom chiqadi. Yoʻtalib Qilichbekni oʻziga qaratadi.
Salom…
Qilichbek – (hayron) Salom…
Dilorom – Meni tanimadingizmi?
Qilichbek – Yoʻq.
Dilorom – Men Diloromning dugonasi boʻlaman.
Qilichbek – E, shunaqami, tanishib qoʻyaylik, boʻlmasa. (Koʻl uzatadi.)
Dilorom – Zuhra.
Qilichbek – Dilorom kelmadilarmi?
Dilorom – Yoʻq. Diloromning eski kasali tutib koldi. Siz kutib qolmang deb, meni yubordi.
Qilichbek – Rahmat. (Pauza) Afsus, men Diloromga zarur bir gapni aytishim kerak edi.
Dilorom – Menga aytavering.
Qilichbek – Aytolmayman. Bu – oila siri.
Dilorom – Bilmaysizmi, biz Dilorom bilan bir odammiz. Bir tan, bir jon, bir vujudmiz. Mening taqdirim – uning taqdiri. Uning taqdiri – mening taqdirim. Endi tushungandirsiz?
Qilichbek – Tushundim, juda yaxshi oʻrtoq ekansizlar.
Dilorom – (chetga) Juda yaxshi tushunibsiz. (Qilichbekka) Menga ayting-chi, nega Saidmalik zargar bilan Diloromning otasini yoʻldan urdinglar?
Qilichbek – E, bilsangiz edi. Axir men ham egalik kulman. Rostini aytsam, men Diloromga uylanmoqchi emas-man.
Dilorom – Uylanmoqchi emasman? Unday boʻlsa bu tomoshaning boisi nima?
Qilichbek – Sizga aytolmayman. Men Diloromni koʻrishim kerak. Diloromning otasi jar yoqasida turibdi.
Dilorom – A? (Kichqirib yuboradi va oʻzini fosh qiladi.) Dilorom shu yerda. U roʻparangizda turibdi.
Qilichbek – Sizmi? Nahotki!
Dilorom – Zuhra, bu yoqqa kel. (Zuhra keladi.) Bu Zuhra, men Diloromman.
Qilichbek – Bu tomoshaning boisi nima?
Dilorom – Bu tomoshaning boisi – tuzoq. Menga karang, otam qanaqa jar yokasida turibdi? Ayting.
Qilichbek – Men tuzoq koʻydim birovga, Oqibat tushdim oʻzim…
Dilorom – Sheʼrxonlikning payti emas.
Qilichbek – Xoʻp, mayli. Meni boplab qoʻlga tushirdinglar. Men hammasini tushuntirib beraman. Gap bunday…
Chiqadilar. Abdusalom va Matlab kiradilar.
Abdusalom – Hamma ayb zargarda. Meni yoʻldan ozdirgan oʻsha zargar. Men qolgan umrimni toat-ibodat bilan oʻtkazsam deb yuruvdim. Xudoning yoʻlida topgan-tutganimni sarf qilib, Kaʼbatulloga bosh ursam degan edim.
Matlab – Sizni yoʻldan ozdirgan narsa aslida oʻsha oltin. Uni sariq iblis deb bekorga aytishmagan. Aynul insan la yushbiu illa bitturab baʼd al mavt.
Abdusalom – Bu nima, oyatmi yo hadis?
Matlab – Bu arab maqoli, koʻzning ochligini faqat tuproq toʻldiradi.
Abdusalom – Endi, ukajon, bundan buyon siz mening pirim boʻlasiz. Shuncha qilgan iltijolarim bekor ketmadi, sizni topdim. Menga rahnamo boʻling. Xudo yetkazgan davlatni oʻziga sarf qilaman degan niyatim bor. Jon uka, bir yoʻl qilib meni Kaʼbatulloga olib keting.
Matlab – Sizning eʼtiqodingizni juda hurmat oʻilaman. Lekin Kaʼbaga olib borolmayman.
Abdusalom – Nega?
Matlab – Peshona teri bilan topilmagan pulga haj qilib boʻlmaydi. Hajga faqat halol mehnat bilan topilgan pul boʻlishi kerak.
Abdusalom – E, ha… (Pauza) Bilasizmi, uka-jon, qizim topilsa edi. Menga yoʻl-yoʻrioʻ koʻrsating, buyuring. Agar siz buyursangiz, narigi dunyoga ham piyoda boraman.
Matlab – Narigi dunyoga piyoda borishning hojati yoʻq. (Chetga) Odamlar koʻtarib olib borib qoʻyishadi. (Abdusalomga) Agar mening aytganimni qilsangiz…
Chiqishadi.
Ikkinchi manzara
Moʻminning hovlisi. Abdusalom va Moʻmin. Oʻrtada koʻza.
Moʻmin – Shu niyating bor ekan, nimaga boshida mening gapimga kirmading?
Abdusalom – E, doʻstim, koʻr ekanman. Endi koʻzim ochildi. Matlabjon degan pirim ochdilar. Ogʻayni, meni kechir. Seni ham ancha xafa kildim.
Moʻmin – Mayli, oʻtgan ishga salovot.
Abdusalom – Menga qara, haligi zargar qolgan pullarni olib kelib, koʻzadagi oltinlarni olib ketmoqchi edi. Endi nima boʻladi, a?
Moʻmin – Qoʻyaver, zargaring kelguncha oltinlar allaqachon davlatning xazinasida boʻladi, yur tezroq.
Abdusalom – Rost aytasan, yur, ogʻayni. E, shoshilma. Menga qara, loaqal birontasini olib qolaylik. Toʻyga ishlatamiz. Axir narigi haftaga toʻy deb hammayoqqa aytib koʻydik.
Moʻmin – E, koʻysang-chi. Bittani olgan ham oʻgʻri, oʻntani ham.
Abdusalom – Boʻlmasa, oʻtir, loaqal oxirgi marta bir sanaylik. Koʻzimiz toʻyadi-ku, oʻrtok.
Moʻmin – O, sanash u yokda tursin, buning ovozini eshitsam yurak oʻynogʻim tutib qoladi.
Abdusalom – Boʻlmasa, sen nariroq borib teskari karab tur, men oʻzim sanab olay. Bir koʻzim toʻysin.
Moʻmin – Mayli, oxirgi iltimosing ekan, sanasang sanay qol. Faqat tezroq boʻl, anavi alvasti kelib qolma-sin.
Abdusalom tirjayib endi chordona qurganda zargarning hovlisidan janjal ovozi keladi. Shafoat dod solgancha kirib keladi. Moʻmin, Abdusalom hayron.
Shafoat – (Moʻminga) Ha, nimaga bezrayib qarab turibsan, ber bu yoqqa marvaridlarimni, ber deyapman. (Moʻminning yoqasidan tutgancha, Abdusalomga) Ha, moʻylovingga oʻt tushsin. Oʻzim ham aytgan edim, qayerdan yorugʻlik chiqdi deb. “Mayli, narsalaringizni biznikiga olib chiqib qoʻyaqoling” emish. Voy, yumshoq boʻlmay keting siz. Oʻgʻri! Qani, bu yoqqa ol marvaridlarimni.
Shafoat koʻzani Abdusalomdan tortib oladi. Saidmalik kiradi.
Saidmalik – Men bu muttahamlarni yaxshi bilaman. (Abdusalomga) Pulini bizdan olib, tillalarni hukumatga topshirmoqchimisiz? (Moʻminni koʻrsatib) Mana bu qip-qizil jinni. Ketdik, xotin.
Koʻzani olib eshikka karab yurishadi. Militsiya kiyimida Qilichbek kirib, Shafoat va zargarning yoʻlini toʻsadi.
Shafoat – Qilichbek?
Saidmalik – Qilichbek, bu nima hazil?
Qilichbek – Men Qilichbek emas, militsiya leytenanti Anvar Maqsudovman. Tanishib qoʻyaylik.
Saidmalik – Boʻlishi mumkin emas. Qilichbek inim.
Qilichbek – Qilichbek endi yoʻq. Mana hujjat. (Choʻntagidan qizil hujjat olib koʻrsatadi. Hamma hayron.)
Saidmalik – (oʻzicha) Saidmalik ham yoʻq. Tamom boʻldi. Oʻzi qazigan chuqurga oʻzi tushdi. (Qilichbekka) Men qoʻynimda qora ilon saqlab kelgan ekanman.
Qilichbek – Qora ilon? El xazinasi ustida kulcha boʻlib yotgan qora ilon aslida kim? Mana bu pokiza oilaning halol oshiga ogʻu solgan qora ilon kim? Oʻzlari emas-mi?
Saidmalik – Boʻhton. Hammasi boʻhton. Baribir isbot qilolmaysizlar.
Abdusalom – Mana men isbot qilaman.
Qilichbek – Agar Abdusalom aka isbot kilolmasa, mana bular isbot qiladi. (Choʻntagidan suratlar olib koʻrsatadi.) Mana bu eng oxirgi surat. Olaparning oldiga yotib, tirnoq bilan tuproq kovlayotganingiz.
Saidmalik – Men hech narsa olgan emasman. Bular meniki emas. (Abdusalomga) Mana, ol tillalaringni. Baribir isbot qilolmaysizlar.
Qilichbek – (Saidmalikka) Qani, oldimga tushing.
Qilichbek, Saidmalik chiqishadi
Abdusalom – (kesatib) Xayr. boshing toshdan boʻlsin.
Shafoat – Voy, qoʻshnijonlar, endi men nima qilaman?
Abdusalom – Battar boʻl.
Shafoat – Bor-e! Shuncha marvaridlarimdan ayrilgan, dangʻillama uchastka, erdan ham ayrilamanmi?
Moʻmin – Issigʻida bir yoshroq erga tegib ol. Shafoat chiqadi.
Abdusalom – Moʻminjon, ogʻayni, kirq yillik kadrdonim. Endi men oʻz boʻlagimdan kechdim. Mana bu xumchadagi oltinlarning hammasi sizniki, oling, olakoling.
Moʻmin – Axir bu sizniki edi-ku. Devor buzgan edingiz, oling.
Abdusalom – Sizning otangiz Xudoyorxonning sarbozi boʻlgan. Oltinlar sizniki, oling.
Moʻmin – Bekor gap, mening hech qanaqa sarboz buvam yoʻq. Mening otam kambagʻal oʻtgan. Ol, oltinlaringni.
Abdusalom – Mana bu paytava, mana bu kalishlar-chi?
Qilichbek kirib keladi.
Qilichbek – Tashvish kilmanglar. Tillangiz allaqachon davlatning poʻlat sandigʻida.
Moʻmin – A? E, qulluq-e, salomat boʻlsinlar! Tashvishdan ham qutulibmiz.
Abdusalom – E, oʻrtoq Anvarjon, menda sira ham ayb yoʻq. Hamma ayb oʻsha zargarda.
Maqsudov – Kechirasiz, Abdusalom aka, biz sizni qamoqqa olishimiz kerak.
Abdusalom – Nega?
Maqsudov – Siz el mulki boʻlgan oltinni yashirdingiz. Yashiribgina qoʻymay, davlat jinoyatchisi boʻlgan Saidmalikka sotdingiz. Halol koʻshningizni jinniga chiqardingiz. Yolgʻiz qizingiz baxtiga chang soldingiz. Uni sevmagan kishisiga, yaʼni menga bermoqchi boʻldingiz. Axir men oilalik odamman. Qani, oldimga tushing.
Moʻmin – (Abdusalomga) Ha, ha, mana, endi jazongni topasan. Birovning holiga sen kulma zinhor, sening holingga ham kulguvchilar bor.
Maqsudov – (Moʻminga) Oʻz vaqtida xabar bermaganligingiz uchun sizni ham kamoqqa olamiz.
Moʻmin lol.
Abdusalom – (kesatib) Birovning holiga sen kulma zinhor, sening holingga ham kulguvchilar bor.
Moʻmin – Men nima qildim, militsiyajon. Meni qamamang. Menda ayb yoʻq. (Maqsudovning qatʼiy turganini koʻrib) Mayli, nima qilsangiz oʻzingiz bilasiz. Ammo (Abdusalomni koʻrsatib) mana bu odam bilan yonma-yon qoʻymang. Shuncha yil yonma-yon turganimiz ham yetib ortadi.
Maqsudov – Yaxshi, yaxshi. Qani, yuringlar. Ikkalangizni alohida-alohida xonaga qoʻyamiz.
Abdusalom – Moʻmin oshna, har holda, qirq yillik qoʻshni edik, oshna edik, kel, oxirgi marta xayrlashib qolaylik. Xayr, ogʻayni. Salomat boʻl. Eson-omon diydor koʻrishaylik.
Maqsudov – Qani, oldimga tushinglar.
Moʻmin – Xotin qolib ketyapti-ku! Arsloningdan ayrilding, xotin.
Abdusalom – Qizim, jonim qizim, xayr. Loaqal qizimni bir marta koʻrsam boʻlardi.
Maqsudov – Mayli, oxirgi iltimosingizni bajaramiz.
Uning ishorasi bilan Xurinisa va barcha yoshlar kirishadi.
Abdusalom – (Diloromga) Jon qizim, otang oʻrgilsin, qizim.
Moʻmin – (xotiniga) Voy nozigim, nozigim.
Xurinisa – Nima boʻldi? Mana, men kelinimni topib keldim. Sizlarni dastingizdan mehmonxonada yotib yurgan ekan.
Zuhra – Mehmonxona emas, student qizlar yotoqxonasida.
Xurinisa – Baribir emasmi.
Moʻmin – E, xotin, nimalar deyapsan? Axir meni olib ketyapti-ku.
Xurinisa – (eshitmaydi) Mayli, mayli.
Moʻmin – (xunob) Nimasi mayli? Oʻrtogʻim bilan meni militsiya qamoqqa olib ketyapti, garang!
Xurinisa – Voy, oʻlay.
Doktor kirib keladi.
Doktor – Salom, bemor qani?
Moʻmin – (Qochib xotinining orqasiga yashirinadi.) Qamalib ketgan, qamalib ketgan.
Doktor – Manavi qogʻozni olib qoʻying.
Moʻmin – Qanaqa qogʻoz?
Doktor – Bu spravka.
Moʻmin – Bu dunyodan nasibam uzilib turibdi-ku, spravka deydi-ya.
Doktor – Bu qogʻoz sizning jinni emasligingiz haqida spravka. Ertaga jinnixonaga borib, jinnilar roʻyxatidan oʻchib keling.
Moʻmin – Endi nima foydasi bor?
Xurinisa – Xayriyat, umringizdan baraka toping, doktor.
Abdusalom – (Diloromga) Jon qizim, otangning gunohini kechir, meni kechir!
Dilorom – Otajon, men-ku kechiraman, lekin xalq kechirarmikin?
Abdusalom – (xalqqa) Ogʻaynilar, oʻrtoqlar, gunohimdan oʻtinglar.
Dilorom – (xalqqa) Kechiring.
Nodir – (xalqqa) Otalarimiz gunohini kechirishingizni sizdan soʻraymiz, odamlar!
Hamma – Kechiringlar.
Nodir – Bizga oltin ne kerak, oltin muhabbat birlamiz.
Dilorom – Pokiza ishq deb atalgan katta davlat birlamiz.
Nodir – Dilda yor birla diyor mehri misoli kimyo,
Dilorom – Yor ila munis diyorga chin sadoqat birlamiz.
Maqsudov – Elu yurtning tinchligidan ham ulugʻ ganj bormikan?
Elu yurt tinch boʻlsa bizlar ham saodat birlamiz.
P a r d a
Erkin VOHIDOV
“Ishq savdosi” (“Sharq” nashriyoti, 2000) kitobidan
https://saviya.uz/ijod/dramaturgiya/oltin-devor/