OLTIARIQSOY — Fargʻona viloyatidagi soy. Shohimardonsoyning chap tar-mogʻi. Uz. 30 km. Vodil qishlogʻi yonida Shohimardonsoydan ajralib chiqib, gʻarbiy yoʻnalishda adirlar ortidagi tekislik boʻylab oqadi. Yoʻl-yoʻlakay Chimyon va Xonqiz qishloqlaridan bir qancha buloklar suvi kelib qoʻshiladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,2 m3/sek. Fargʻona va Oltiariq tumanlarining ekin maydonlarini sugʻoradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые