OLOMOUS — Chexiyaning Shim. Moraviya viloyatidagi shahar. Morava daryosi boʻyida. Aholisi 225,3 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati korxonalari bor. 11-a. da Morava orqali oʻtgan qad. savdo yoʻllari kesishgan yerda bunyodga kelgan. 12—13-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklari saklangan. 19-a. gacha qalʼa sifatida maʼlum edi. Un-t bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые