OLMUROD SVITASI

OLMUROD SVITASI (Turkmanistondagi Olmurod togʻi nomidan) — Valanjin yarusiga mansub jinslar kompleksi. Rossiyalik tektonist olim N. P. Xeraskov ajratgan. Olmurod svitasi kizil giltosh, dolomit, mergel, ohaktosh, gips, kumtosh qatlamlaridan tarkib topgan. Qalinligi 60—160 m. Ohaktosh va dolomitlarda peletsipoda, amonit, dengiz tipratikani va b. dengiz hayvonlari qoldiqlari, giltoshlarda esa ostrakoda, foraminifera va b. qoldigʻi uchraydi. Olmurod svitasi Darvoz togʻlaridan Amudaryo etaklarigacha boʻlgan hududda tarqalgan. Oʻzbekiston hududining baʼzi joylaridagi Olmurod svitasida osh tuzi koni borligi aniklangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x