OLMOSOʻT

OLMOSOʻT (Ranunculus severtrovii) — ayiqtovondoshlarga mansub koʻp yillik oʻt. Poyasi bitta, boʻyi 25—40 sm. Ildizi roʻvaksimon, yuqori qismi yoʻgʻonlashgan. Yopirma (toʻp) barglari bandli, poyadagi barglari bandsiz yoki qisqa bandli, ikki-uch karra boʻlingan. Gullari toʻgʻri, ikki jinsli, gulqoʻrgʻoni murakkab, kosabarglari va tojbarglari odatda beshtadan. Changchilari koʻp. Toʻpmevasi choʻziqyoki yumaloq-choʻziq. Mevachalari mayda, uz. 7 — 7,5 mm, eni 5—6 mm. Olmosoʻt apr. —may, baʼzan iyunda gullab mevalaydi. Oʻzbekistonning koʻpgina mintaqalarida oʻsadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x