OLMEK MADANIYATI

OLMEK MADANIYATI — Meksikaning Verakrus va Tavasko shtatlari hududida qadimda yashagan nomaʼlum indeys xalqi madaniyati. Olmek madaniyati mil. av. 8—4-a. larda ravnaq topgan. Olmek madaniyati nomi bu hududda keyinchalik, mil. 11 — 14-a. larda yashagan kichik qabilalar guruhi (olmeklar) nomi bilan shartli atalgan. Olmek madaniyati iqtisodiyoti dehqonchilik va baliqchilikka asoslangan. Olmek madaniyatini yaratgan xalq Amerikada ilk bor sinfiy taraqqiyot yoʻliga oʻtgan xalklardan biri boʻlgan. Uning mil. av. 8—2-a. lardagi madaniyati va sanʼati Markaziy Amerikaning qoʻshni indeys xalqlari (mayya va b.) madaniyatiga katta taʼsir koʻrsatgan. Olmek haykaltaroshligining ajoyib obidalari, jumladan, ulkan inson kallalari, koʻplab haykallar Olmek madaniyati aholisining bosh maʼbudi — yaguarni ifodalaydi. Turli diniy in-shootlar: ehromlar, supalar va b. qoldiqlari saklangan. Mil. 3-a. da nomaʼlum sabablarga koʻra olmeklar gʻoyib boʻlishgan; ehtimol, bu yirik etnik koʻchishlar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x