OLMAZOR (1963-y. gacha — Vrevskiy) — Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi shaxarcha (1937-y. dan). Chirchiqdaryosining oʻng sohilida. Toshkentdan 50 km jan.gʻarbda. Toshkent — Sirdaryo t. ydagi stansiya. Aholisi 9,1 ming kishidan ziyod (2003). Olmazorda 13 tashkilot va korxona bor, shulardan, qurilish materiallari k-ti, gʻisht z-di, mebel f-kasi va b. faoliyat koʻrsatadi. 2 umumiy taʼlim maktabi, 2 kutubxona, klub, kasalxona, 3 dorixona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые