OLMA KISLOTA, oksikahrabo kislota, NOOS— SN(ON) — SN2SOON — rangsiz, ignasimon kristall modda. Mol. m. 134,09. Shved kimyo-gari K. Sheyele 1785-y. da xom olmadan ajratib olgan. Olma kislota juda muhim 2 asosli oksikarbon kislotadir (q. Oksikislotalar). 2 ta optik faol izomer hosil qiladi; ratsemat (optik nofaol, kaynash t-rasi 130°) shakli ham mavjud. Suv va spirtda yaxshi eriydi, kaynash t-rasi 100°. Tabiatda L – olma kislota uchraydi. U ravoch, vino, xom olma, uzum, zirk va tamakida boʻladi. Olma kislota tibbiyotda surgilar va boʻgʻilishga qarshi preparatlar tayyorlashda ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые