OLLOQULIXON

OLLOQULIXON (taxm. 1794-1842) – Xiva xoni (1825—42) — Muhammad Rahimxonning oʻgʻli. Olloqulixon davrida zulm, talonchilik, oʻzaro urushlar kuchaygan. Olloqulixon Buxoro bilan sulh tuzilganiga qaramay 7-marta Buxoro xonligi hududiga yurishlar qilib qishloqlarni talab qaytgan. Xurosonga 5-marta yurish qilgan. Qoraqalpoq va turkmanlarning qoʻzgʻolonlarini beshafqat bostirgan (1828). Rossiya b-n savdo va elchilik munosabatlarini (1840—41) rivojlantirgan. Olloqulixon davrida Xivada karvonsaroy, tim, 111 xona va boʻlmali Toshhovli saroyi (1834—35), Ichan qalʼattt sharqiy darvozasiga tutashtirib qurilgan Olloqulixon madrasasi, Oq masjid, Saitboy masjidi, Toshhovuz qalʼasi (1835—36) va b. inshootlar qurilgan. Yangi kanallar qazdirib sugʻoriladigan yerlarni kengaytirgan. Xiva sh. ning obodonchiligi uchun koʻp mehnat sarf qilgan. Olloqulixon davrida koshinpazlik (koshinkorlik) sanʼati yuksak choʻqqiga chiqqan. Pahlavon Mahmud maq-barasi va Koʻhna Ark koshinlar bilan bezatilgan. Sayid Alovuddin maqbarasi va b. koʻpgina tarixiy obidalar taʼmirlandi. Arabxon va Muhammad Amin inoq madrasalari qaytadan qurildi. Xiva sh. ning atrofi mudofaa devori b-n oʻrab olingan (1842). Ichan qalʼa tashqarisida yashayotgan aholini himoya qilish maqsadida Dishan qalʼa (Tashqari qalʼa) qurilgan. Qalʼaning uz. 6250 m boʻlib, shunday ulkan qurilish qoʻl kuchi b-n paxsadan 30 kun davomida qurib bitkazilgan. Ichan qalʼaning jan. darvozasidan Dishan qalʼa devorigacha boʻlgan masofa 300—400 m ni tashkil kdchadi. Olloqulixon 1842-y. Chorjoʻyga yurish qilib qalʼani qamal qilgan paytda ogʻir kasalga duchor boʻlib orqaga qaytishga majbur boʻlgan va 23 noyab. da vafot etgan. Uni oʻzi hayot vaqtida tayyorlab qoʻygan Pahlavon Mahmud maqbarasiga dafn etishgan.

Ad.: Yoʻldoshev M., Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi, T., 1959; Gulyamov Ya. G., Pamyatniki goroda Xivы, T., 1941; Xud oy ber gan ov K., Xiva — 2500. Xiva xonlari shajarasi, Xiva, 1996.

Sevara Saburova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x