OLLABERGANOV

OLLABERGANOV Otaxon (1947.17.11, Turkmanistonning Toshhovuz viloyati, Ilyoli tumani) — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1981), Oʻzbekiston BA akad. (2003). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1974). 1975-y. dan Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama va komediya teatrida bosh rassom. Ilk bor Muqimiy teatri spektakllariga (E. Sobitovning «Hijron», F. Musajonovning «Olifta», 1973) dekoratsiyalar yaratdi. Ollaberganov eskizlarda yaratilgan badiiy goyani sahna bezaklariga toʻliq koʻchirishga erishadi. «Beruniy» (Uygʻun, 1976), «Nurxon» (K. Yashin, 1977), «Platina» (O. Matjon, 1977), «Maysaraning ishi» (Hamza, 1983), «Yagona guvoh» (K. Omarov, 1985), «Tobutdan tovush» (A. Qahhor, 1986, Toshkent satira teatrida), «Jaloliddin» (E. Samandarov, 1987) va b. spektakllarni badiiy bezagan. Shuningdek, Ollaberganov qad. Xiva, Urganch manza-ralari aks ettirilgan yirik polotnolar muallifi: «Eski shahar» turkumi (1977), «Birinchi oʻqituvchi» (1978) va b. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2000).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x